"Manchester Siti" De Bryuynega yangi shartnoma taklif qilishga tayyor
22 jan 2024 19:57
Yangiliklar
"Manchester Siti" De Bryuynega yangi shartnoma taklif qilishga tayyor
"Manchester Siti" Saudiya Arabistoni tomonidan bo'layotgan qiziqishlar tufayli belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuynega 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bitim taklif etadi.
Futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 1,5 yildan keyin tugaydi. Uning maoshi haftasiga 375 ming funtni tashkil qiladi.
Saudiya Arabistonida De Bryuynega haftasiga 1 million funt maosh to'lash vada qilingan. Ammo belgiyalik Manchesterni o'z uyi deb biladi va uni tark etishni istamaydi.
32 yoshli yarim himoyachi 2015 yilning yozidan buyon "Manchester Siti" safida to'p tepmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 4 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar