Manba: Sadio Mane "Bavariya" bilan uch yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi
01 iyu 2022 16:53
Yangiliklar
Manba: Sadio Mane "Bavariya" bilan uch yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi
Hujumchi Sadio Mane "Bavariya"ga o'tishga yaqin.
Futbolchi Myunxen klubi bilan uch yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Deyv Oskop xabar bermoqda.
Mane to'g'ridan-to'g'ri "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan gaplashdi. Endi klublar bitimning moliyaviy shartlarini kelishib olishlari kerak. Rasmiy muzokaralar kecha boshlangan edi.
Mane o'tgan mavsum "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar