"Bavariya" ikki muhim o'yinchisi bilan shartnomani uzaytiradi
28 dek 19:54
Yangiliklar
"Bavariya" ikki muhim o'yinchisi bilan shartnomani uzaytiradi
"Bavariya" hujumchi Serj Gnabri va himoyachi Konrad Laymer bilan shartnomani uzaytiradi.
30 yoshli Gnabri bilan yangi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar, 28 yoshli Laymer bilan esa 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Gnabri Myunxen klubida 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Germaniyalik futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 21 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Laymer 2023 yildan beri "Bavariya"da o'ynamoqda. Futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi. U 2025/26 yilgi mavsumda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar