Malkom "Barselona"ning ruxsati bilan mashg'ulotni o'tkazib yubordi
01 avg 2019 17:00
Yangiliklar
Malkom "Barselona"ning ruxsati bilan mashg'ulotni o'tkazib yubordi
"Barselona" vingeri Malkom klubning ruxsati bilan mashg'ulotni o'tkazib yubordi.
"RMC Sport"ning malumotiga ko'ra, klub rahbariyati 22 yoshli braziliyalikka kelajagi bilan bog'liq vaziyatni hal qilishi shunday qarorga kelgan.
Malkom katta ehtimol Rossiyaning "Zenit" klubiga o'tadi. Oldinroq, braziliyalik 2 avgust kuni Sankt-Peterburgda tibbiy ko'rikdan o'tishi xabar qilingan edi.
O'tgan mavsum yarim himoyachi barcha musobaqalarda 24ta o'yin o'tkazdi va 4ta gol urib, ikkita golli pas berdi.
Eslatib o'tamiz, Malkom 2018 yilning yozida "Bordo"dan 41 million evro evaziga "Ko'k-anorranglilar" safiga o'tgan edi.
Fikrlar