Malkom "Barselona"ni tark etishni istamoqda
17 iyu 2019 22:57
Yangiliklar
Malkom "Barselona"ni tark etishni istamoqda
Braziliyalik hujumchi Malkom "Barselona"ni tark etishni istamoqda.
AS xabariga ko'ra, Antuan Grizmanning transferidan keyin Malkom yangi mavsumda o'ziga katta ishonch bildirilmasligi va ko'p imkoniyat berilishiga ishonmayapti. SHu boisdan u APLdan tushayotgan taklifni qabul qilish niyatida. "Barselona" zaxiradagi futbolchini 60 million evroga baholamoqda.
Malkom 2018 yilda "Bordo"dan "Barselona"ga 41 million evro evaziga o'tgandi. O'tgan mavsumda u jamoasi tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar