So’nggi yangiliklar

23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  2 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  3 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  13 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  2 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  14 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4

Madriddagi final haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

Madriddagi final haqida nimalarni bilish kerak?

1 iyun, yani dam olish shanba kuni ECHL finali o'tkaziladi.

Ketma-ket 10 yildirki ECHL finali dam olish kuni bo'lib o'tmoqda.


Final qaerda o'tadi?

Joriy yil finalga Madrid shahridagi "Atletiko"ning "Metropolitano" o'yingohi mezbonlik qiladi. Mazkur o'yingoh 2017 yilning sentyabr oyida ochilgandi. Bu "Metropolitano"dagi ilk xalqaro finalga aylanadi.

Qayd etish kerakki, oxirgi marotaba Madrid shahri "Santyago Bernabeu" stadionida 2010 yilgi mavsum ECHL finaliga mezbonlik qilgandi.


Final chiptalarini qaerdan sotib olish mumkin?

Finalga chiqarilgan dastlabki 4000 chipta allaqachon UEFA.com sayti orqali butun jahondagi muxlislarga sotib bo'lingan. Finalga chiqqan "Liverpul" va "Tottenxem" jamoalari muxlislariga 17000tadan chiptalar ajratilgan. Qolgan chiptalar esa tashkiliy qo'mitalar, UEFA va milliy associaciyalarga taqdim etiladi hamda tijoriy hamkorlarga beriladi. SHuningdek, korporativ qabullar uchun maxsus tariflar mo'ljallangan. 


CHempionlar Festivali

Har yilgi o'tadigan UEFA chempionlar festivali 30 maydan 2 iyunga qadar Madrid shahrining markazida davom etadi.

Kirish tekin. CHempionlar festivali doirasida turli xil tadbirlar, finalga bag'ishlangan sahnalar uyushtiriladi. Mazkur festival mehmonlarini UEFA CHempionlar ligasi afsonalari bilan uchrashuvlar, esdalik uchun yulduzlar ishtirokidagi fotosessiya, shou-biznes yulduzlari ishtirokidagi musiqiy lahzalar, va UEFA CHempionlar ligasi sovrini bilan suratga tushish imkoniyati taqdim etiladi.


Xushtak egasi kim?

Ertangi final bahsini sloveniyalik Damir Skomina boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. 


Final uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan ochilish marosimida kim kuylaydi?

Final uchrashuvining ochilish marosimida "Pepsi" kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan "Imagine Dragons" guruhi "Metropolitano" stadionida chiqish qiladi. "Imagine Dragons" guruhi muallifligida  "Believer", "Radioactive" va "Thunder" kabi qo'shiqlar xit darajasiga chiqqan.

Tottenham Hotspur

Champions League Final Stage . final-tur

02/06/2019, 01:00

2
:
0
Tugadi

Liverpool

Mohamed Salah - 2', Divock Origi - 87'

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 63272 tomoshabin

Bosh hakam: Damir Skomina

45'
90'
66'  Harry Winks (Lucas Moura)
74'  Moussa Sissoko (Eric Dier)
81'  Dele Alli (Fernando Llorente)
2'  Mohamed Salah
58'  Roberto Firmino (Divock Origi)
62'  Georginio Wijnaldum (James Milner)
87'  Divock Origi
87'  Joel Matip
90'  Sadio Mane (Joseph Gomez)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика