Donnarumma PSJning UEFA Superkubogi uchun qaydnomasidan tushib qoldi
12 avg 18:40
Yangiliklar


Donnarumma PSJning UEFA Superkubogi uchun qaydnomasidan tushib qoldi
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma UEFA Superkubogi qaydnomasidan chiqarib tashlandi.
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, 26 yoshli italiyalik futbolchi parijliklar bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirmaydi.
Avvalroq Donnarumma PSJ tomonidan transferga qo'yilgani haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, futbolchi faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
PSJ joriy yilning yozida ikki darvozabon bilan shartnoma imzoladi – "Lill"dan Lyuka Shevale va braziliyalik Renato Marin. Rossiyalik posbon Matvey Safonov ham Franciya klubida to'p tepadi.
PSJ va "Tottenxem" o'rtasidagi UEFA Superkubogi bahsi 13 avgust kuni 23:59 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar