OFK Chaqiruv ligasi. O'zbekistonlik hakamlar Suriya va Bangladesh jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydi
12 avg 12:35
Yangiliklar
OFK Chaqiruv ligasi. O'zbekistonlik hakamlar Suriya va Bangladesh jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydi
Bugun OFKning klublar o'rtasidagi yangi mavsumi start oladi va kutilganidek, o'zbekistonlik referilar xalqaro turnirlar hamda uchrashuvlarda faoliyat yuritishadi.
Qatarning "Suhaym bin Hamad" stadionida OFK Chaqiruv ligasi saralash bosqichi doirasida "Karamax" (Suriya) va "Bashundxara Kings" (Bangladesh) jamoalari o'zaro bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ishlaydi: bosh hakam – Firdavs Norsaforov, yordamchi hakamlar – Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonov, to'rtinchi hakam – Aqobirxo'ja Shukurullaev.
Shuningdek, OFK Elit Chempionlar ligasi G'arb mintaqasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi 12-jamoani aniqlab beradigan "Duhayl" (Qatar) – "Sepaxon" (Eron) uchrashuvida tajribali mutaxassis – Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi sifatida ish olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar