So’nggi yangiliklar

19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:0 (матнли трансляция)  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  11 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  121 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  7

"Lokomotiv" Tojikiston jamoasiga yutqazdi va OCHL bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Lokomotiv" Tojikiston jamoasiga yutqazdi va OCHL bilan xayrlashdi

Osiyo CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi Toshkentning "Lokomotiv" va Dushanbening "Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

OCHL-2020
Ikkinchi saralash bosqichi
21 yanvar (seshanba)
«Lokomotiv» (O'zbekiston) – «Istiqlol» (Tojikiston) 0:1

Gol: Alisher Jalilov (60)
Bosh hakam:
Hussayn Abu Yahyo (Livan).
Qanot hakamlariSamir Badr, Rabih Omeyrat (ikkisi – Livan).
Zaxira hakamiAli Rizo (Livan).
Hakamlar nazoratchisiAhmad Yoqub Muhammad Juma (BAA).
Komissar: Oya Takeyuki (Yaponiya).
Toshkent, «Lokomotiv» stadioni.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Slavko Damyanovich, 6.Davronbek Umirov, 7.Kaxi Maxaradze, 9.Kirill Pogrebnyak, 10.Marat Bikmaev, 17.Sardor Mirzaev, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 77.Diyor Turapov, 80.Farruh Ibrohimov.

Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 11.Temurxo'ja Abduholiqov, 19.Avazbek O'lmasaliev, 22.Komron Saydazimov, 23.Abdul Aziz Yusupov, 25.Javohir Alijonov, 37.SHerzod Fayziev.

"Istiqlol": 1.Rustam Yatimov, 2.Marko Milich, 3.Davlatmir Tabrezi, 5.Iskandar Jalilov, 6.Zoir Jo'raboev, 7.Viktor Svejov, 10.Alisher Jalilov, 14.SHeriddin Boboev, 17.Panshanbe Ehsoni, 21.Larin Oleksey, 63.Manuchehr Jalilov.

Zaxira: 16.Dilshod Dodoboev, 11.Muhammadjon Rahimov, 12.Ziyovudin Fuzaylov, 13.Rustam Soirov, 19.Xurshed Jo'raev, 25.Saidmuhtor Azimov, 27.Jamshed Rahmonov.


O'YIN YAKUNLANDI.

90. Timurxo'ja Abduholiqov hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo uning jarima maydonchasi yonida bergan zarbasi o'ta noaniq.

88. "Lokomotiv" so'nggi daqiqalarda ko'proq hujumga o'tmoqda, ammo tojikistonliklar himoyada bexato o'ynashmoqda.

81. Fyodorov navbatdagi o'zgarishni amalga oshirdi: Abdul Aziz Yusupov Diyor Turapovni almashtirdi.

80. Burchakdan uzatilgan to'pni Abduholiqov boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p esa yo'l-yo'lakay himoyachining boshiga tegib maydondan chiqib ketdi.

77. Bugungi uchrashuvni 4256 muxlis stadiondan kuzatib bormoqda.

74. Vakillarimizning o'yini umuman qovushmayapti. Hisobni tenglashtirish uchun zarba berish kerak. "Lokomotiv" uchun esa aynan shu ish qiyinlashib bormoqda.

69. "Lokomotiv" gol o'tkazib yuborgandan so'ng hujumlarga zo'r berishni boshlamoqda, ammo zarbalarsiz.

62. "Lokomotiv"da ilk o'zgarish: Temurxo'ja Abduholiqov Kirill Pogrebnyakni almashtirdi.

60. GOOOOOL!!! Alisher Jalilov uzoq masofadan "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qildi. Super gol! Nesterov ham bu vaziyatda jamoasini qutqarolmadi.

54. "Istiqlol" ham "Lokomotiv" darvozasi oldida xavfli vaziyat uyushtirdi. Burchakdan oshirilgan to'pni Manuchehr Jalilov darvozaga yo'lladi, biroz noaniq.

51. Ikkinchi bo'lim ham "temiryo'lchilar"ning ustunliklari bilan boshlanmoqda, ammo "Istiqlol" tartibli himoyalanmoqda.

46. Hakam ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtakni chaldi.

TANAFFUS

45. Hussayn Abu Yahyo birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi.

39. "Lokomotiv" hujumchisi Kirill Pogrebnyak darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo, rossiyalik futbolchi offsaydda qolib ketgan edi.

35. Ilk sariq kartochka raqibga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun "Lokomotiv" himoyachisi Davron Hoshimovga ko'rsatildi.

31. "Istiqlol" ham so'nggi daqiqalarda ko'proq to'p bilan muomala qilmoqda. Ammo, ularning hujumlari xavfli chiqmayapti.

25. Jamoalar hozirga qadar aytarlik xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishmadi. "Lokomotiv" hujumga ko'proq urg'u bermoqda, dushanbeliklar esa qarshi hujumlarga tayanishmoqda.

19. "Lokomotiv" standart vaziyatga ega bo'lgan edi. Ammo, Mirzaev jarima zarbasini juda bo'sh ijro etdi.

14. Xavfli vaziyat! Jarima maydonchasi ichida Sardor Mirzaev to'pni Oleg Zoteevga etkazib berdi, qanot himoyachining zarbasiga esa "Istiqlol" o'yinchilari to'g'anoq bo'lishdi.

11. "Istiqlol" darvozasi yonida xavfli vaziyat yaratilgan edi. Ammo, "temiryo'lchilar" darvozabon Rustam Yatimovga nisbatan qo'pollik ishlatishgan edi.

7. Hozircha kichik ustunlik "Lokomotiv" tarafida. Ammo, deyarli xavfli vaziyatlar yaratilmayapti.

4. Ilk xavfli vaziyatni mehmonlar tashkil etishdi. Manuchehr Jalilov jarima maydonchasi ichida Nesterov darvozasini nishonga olib ko'rdi, ammo darvozabonimiz o'z o'rnida.

O'YINNI ONLAYN TOMOSHA QILING

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Osiyo CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan "Lokomotiv" (Toshkent) va "Istiqlol" (Dushanbe) jamolari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: -257   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика