"Istiqlol" bosh murabbiyi Ashurmatov va Masharipovning jarohati haqida to'xtaldi
09 sen 12:21
Yangiliklar


"Istiqlol" bosh murabbiyi Ashurmatov va Masharipovning jarohati haqida to'xtaldi
"Istiqlol" uchun yangi mavsum boshlangan, jamoada jarohatlar sabab ikki nafar o'zbekistonlik legioner yo'q. Bosh murabbiy Rikardu Sa Pintu Rustam tez orada qaytishi, Jaloliddin esa mavsumning katta qismini o'tkazib yuborishini malum qildi.
"Afsuski, Masharipovni bir necha oyga yo'qotdik. U barcha poziciyalarda o'ynay oladi, uning yo'qligi achinarli. Umid qilamanki, u tez orada qaytadi. Masharipov bo'lganida Munirni jamoaga qo'shib olmagan bo'lardim.
Masharipov juda og'ir jarohat oldi va operaciyasiz tuzalmoqchi. Faoliyatim davomida o'zimda shunday jarohat olganman va uch marta oldingi xochsimon bog'lamimdan operaciya bo'lganman, bu juda og'ir ekanini bilaman.
Ushbu jarohatdan keyin qattiq mehnat qilsangiz, o'ynashda davom etishingiz mumkin. Mushaklar ustida ishlashingiz va muntazam ravishda fizioterapiyaga borishingiz kerak. Masharipovning muammosi tez orada hal bo'ladi degan umiddaman.
Rustam Ashurmatovning qaytishini kutmoqdamiz. U yaqin 2-3 hafta ichida qaytishi kutilmoqda", – dedi portugaliyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar