So’nggi yangiliklar

23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  0 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  0 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  14 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  4 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  7 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  1 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0

Lochin Guldaev topilmalari yoxud O'zbekiston U-23 tarkibidagi andijonlik futbolchilar haqida ikki og'iz Yangiliklar

Lochin Guldaev topilmalari yoxud O'zbekiston U-23 tarkibidagi andijonlik futbolchilar haqida ikki og'iz

Xabaringiz bor, bundan biroz avval U-23 Osiyo Kubogining yarim final o'yini yakuniga etdi.

Quvonarlisi O'zbekiston U-23 terma jamoamiz yaponiyalik tengqurlariga qarshi kechgan bahsda 2:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, finalga yo'l oldi.

Ushbu tarixiy g'alabaga aylangan o'yin nafaqat O'zbekiston uchun balki Andijon futbol akademiyasi uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi ushbu dargohda futbolning ilk sir-asrorlarini o'rgangan himoyachi Odilbek Abdumajidov bilan hujumkor yarim himoyachi Alisher Odilov bugun terma jamoa safida maydonga tushib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Ayniqsa Abdumajidov butun o'yin davomida mudofaa chizig'ida bexato xarakat qilib, raqib o'yinchilariga imkoniyat bermadi. SHuningdek zaxiradan maydonga tushgan Alisher Odilov ham o'ng qanotda tezkor xarakatlarini ishga solib, yaponiyaliklarni sarosimada ushlab turdi.



Abdumajidov va Odilov yuqorida aytib o'tganimizdek Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Kezi kelganda shuni ham aytib o'tish o'rinliki, U-23 terma jamoamizning ushbu ikki nafar azosi murabbiy Lochin Guldaev shogirdlari hisoblanadi. 

"Rostini aytsam, U-23 terma jamoamizning musobaqadagi har bir uchrashuvini yuqori ishtiyoq va katta xayajon bilan kuzatib bordim. Albatta terma jamoamiz tarkibida ikki nafar shogirdim o'rin olgani meni juda quvontirdi. Odilbek va Alisher bilan doimiy aloqada bo'lib turamiz. Har bir o'yindan avval ularga masofadan turib bo'lsada, omad tilab, duoda bo'lamiz. Barakalla, yigitlar o'zlarini har tomonlama ijobiy ko'rsata oldi. Yaponiya bilan o'yinni Andijon futbol akademiyasida bugungi kundagi shogirdlarimiz bilan katta ekran orqali kuzatib bordik. 2:0 hisobidagi g'alaba barchamizni to'lqinlantirib yubordi. Men o'z shogirdlarim bilan faxrlanaman", - deydi Lochin Guldaev.




Malumot uchun, Alisher Odilov Andijon viloyatining Oltinko'l tumanida tavallud topgan. Hozirda Olimpik jamoasi sharafini himoya qilayotgan bo'lsa Odilbek Abdumajidov Andijon shahrida tug'ilgan. Markaziy himoyachi faoliyatini Qozog'istonning "Ordabasi" klubida davom ettirmoqda.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика