Qarshi davlat universiteti PFL talabiga javob beradigan stadion quradi
11 dek 14:42
Yangiliklar
Qarshi davlat universiteti PFL talabiga javob beradigan stadion quradi
U o'zining ilk urinishidayoq "Surxon" va "Andijon" singari Superliga klublarini O'zbekiston Kubogidan chiqarib yuborishga erishdi va musobaqaning 1/8 final bosqichiga qadar etib keldi.
"Lochin", shuningdek, Birinchi ligada ham munosib ishtirok etdi va Toshkent mezbonlik qilgan pley-off bosqichiga qadar etib bordi. Uchrashuvlarni tashkil etish, jamoa bilan ishlash va boshqa jabhalarda Qarshi davlat universiteti yil avvalidagi kelishuvlarga to'liq rioya qilganligini etirof etish lozim. Qayd etish kerak, shu yilning 7 aprel kuni universitet rektori Dilmurod Nabiev Liga ofisiga tashrif buyurgan va ikki tomon o'rtasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan kelishuv imzolangandi.


Shu asosda Qarshi davlat universiteti hududida joylashgan stadionni katta uchrashuvlarga tayyorlash ishlari boshlandi. 9 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Qarshida bo'lib, "Lochin" o'z uy uchrashuvlarini o'tkazishi uchun mo'ljallangan stadiondagi tamirlash ishlari bilan tanishdi.
Ayni vaqtda stadion tribunalari, jamoalar va hakamlarning kiyim almashtirish xonalari, komissar va tibbiyot xonalari, matbuot anjumani zali to'liq yangidan tamirdan chiqarilmoqda. Uchrashuv davomida kelajakda stadionda VAR tizimi faoliyat olib borishi ehtimoli va o'yinlarni teletranslyaciya qilish masalasi, bu yo'lda tribuna osti va maydon atrofini kabellashtirish, kelajakda stadion projektorlari qanday tartibda o'rnatilishi kabi masalalar muhokama qilindi.



Qarshi davlat universitetiga qarashli o'yingoh maydoni Liga talabi asosida drenaj va sug'orish tizimlarini o'z ichiga olgan. Maydonning ikki chetida tribunalar mavjud bo'lib, u umumiy hisobda 1 400 nafar tomoshabinga mo'ljallangan. Hududda kelajakda qolgan ikki tomon uchun ham tribunalar tashkil etish imkoniyati mavjud. Mo'jaz arena kelasi yilning ikkinchi yarmidan boshlab foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Stadionning o'quv binolariga yaqin ekanligi kelajakda "Lochin" jamoasi universitetning ajralmas qismiga aylanishi va talablarning uchrashuvni bevosita kuzatib borishi kabi masalalarga qo'shimcha imkoniyatlar beradi.
Ayni vaqtda Liga "Lochin" jamoasining Pro ligada ishtirok etishi yuzasidan hujjatlarni tayyorlamoqda. Mazkur masala to'liq hal etilsa, tarixiy voqea Liga rasmiy sahifalarida rasman elon qilinadi. Universitet stadioni tayyor holatga kelguniga qadar esa "Lochin" raqiblarini Qarshidagi "Geolog" stadionida qabul qilishi ko'zda tutilgan. Mazkur masala Sho'rtan gaz-kimyo, universitet va Liga o'rtasida kelishilinishi belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar