So’nggi yangiliklar

23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  1 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  12 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  2 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  13 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0

Lochin Guldaev: "Andijon-2"ga tajriba etishmasligi pand bermoqda” Yangiliklar

Lochin Guldaev: "Andijon-2"ga tajriba etishmasligi pand bermoqda”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha V PRO-Ligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda Andijonning “Andijon-2” jamoasi o'z maydonida Toshkentning “Yashnabod” jamoasini qabul qildi.

Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan uchrashuvda mehmonlar irodali g'alabaga erishdi. Etiborlisi bungacha g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan andijonliklar 2:0 hisobida g'alaba qozona turib, yakunda o'z darvozasidan 3ta to'p o'tkazib yuborib, alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi. Bahs yakuniga etgach, “Andijon-2” bosh murabbiyi Lochin Guldaev saytimizga intervyu berdi.

- Qator mag'lubiyatlardan keyin bugun qanday bo'lmasin g'alaba qozonishimiz shart edi. Buni yigitlarning o'zlari ham yaxshi tushunib turgandi. O'yinni ko'tarinki ruhda boshladik. Ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, yakunda alamli tarzda mag'lub bo'ldik.



- Bilasiz “Andijon-2” jamoasi bu yil PRO-Ligada debyutant sanaladi. Tarkibdagi futbolchilar akademiya tarbiyalanuvchilaridan iborat. 2001-2002 yilda tug'ilgan yigitlarimiz katta futbolga endi-endi kirib kelmoqda. SHuning uchun ularga tajriba etishmasligi pand berib kelayotir. SHunga qaramay ular o'zini ko'rsatishga urinmoqda. Asosiysi yoshlarda ishtiyoq kuchli.

- Turnir jadvalida egallab turgan o'rnimiz xavas qiladigan darajada bo'lmasada, bu narsa meni sira havotirga solayotgani yo'q. Jamoamizning maqsadi yuqori o'rinlarni band etish emas balki iqtidorli futbolchilarni katta futbolga ko'niktirib borish va bu orqali Superligadagi asosiy jamoamizga tayyorlab berishdan iboratdir.

- Yana qaytaraman, qo'l ostimdagi futbolchilar PRO-Ligada bu yildan o'ynashni boshladi. SHuning uchun ham natijalarimiz o'xshamayapti. Jamoaga ozgina vaqt kerak. SHogirdlarimga ishonaman, ular vaqti kelib Superligada ham yuqori saviyada o'ynab keta oladi.



- Yozgi transfer oynasi ochilganidan so'ng tarkibni kuchaytirishga etibor qaratamiz. SHunda ham selekciyani asosan akademiyamizda tahsil olgan yoshlardan qilib borishni o'ylab turibmiz. Bizga chetdan katta mablag'ga kelib o'ynab ketadigan futbolchilar kerak emas. Bu yil bir amallab ligada o'z o'rnimizni saqlab qolsak, kelasi mavsumdan xarakatlarimiz o'z mahsulini berishni boshlaydi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика