So’nggi yangiliklar

16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  3 16:00Суперлига. "Динамо" – "Андижон" (матнли трансляция)  7 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   9 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  5 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  3 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  17 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  18 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  33 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  28

"Maydon atrofidagi muhit o'yindan ham qaynoqroq edi. Lushchanga tan berish kerak" - Sanjar Asqaraliev vodiy derbisi haqida gapirdi Yangiliklar

"Maydon atrofidagi muhit o'yindan ham qaynoqroq edi. Lushchanga tan berish kerak" - Sanjar Asqaraliev vodiy derbisi haqida gapirdi

Derbilar o'zbek futbolining o'ziga hos bezagi hisoblanishi shubhasiz.

Ayniqsa, vodiyda bu o'zining cho'qqisiga chiqib ulgurgan. Bunda siz ajoyib muhit, muxlislar hayqiriqlari, qaynoq haroratni his qilasiz. Kecha bo'lib o'tgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi muxlislik nuqtai nazaridan hozirgacha eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Biz esa mazkur derbi yuzasidan o'z vaqtida ikki jamoada ham to'p tepgan Sanjar Asqaralievning mulohazalari bilan qiziqdik.

"Darhaqiqat, kechagi bahs o'sha biz o'ynagan eski derbilarni yodga solib yubordi. Stadion to'ldi, atmosfera daxshatli edi. "Ultras burgut", namanganlik muxlislar chiroyli muhit yarata olishdi. Odam rohatlandi, bo'lar ekan-ku deb yubordim. Tabiiyki buni ko'rib yoshlik vaqtlarimiz ko'z oldimizga keldi. Stadionlar 1-2 soat oldin to'lar, joy qolmasdi. "Bobur Arena" ishqibozlar bilan to'lib toshdi",- deya gap boshladi sobiq to'p tepar.

"Endi o'yinga kelsak, ikki jamoa ham yopiq futbol o'ynadi. 89-minutgacha o'ta keskin vaziyat yuzaga kelgani yo'q, chunki ikki jamoa yutqazishni istamadi. "Navbahor" futbolchilarining tajribasi, terma jamoada o'ynagani sezildi. Bitta gol o'yin taqdirini hal qildi. Jamoalar muxlislar oldida uyalib qolmaslik uchun ham extiyotkor o'ynashdi shekilli. Lekin maydon atrofidagi muhit o'yindan yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. 

Bu yilgi "Navbahor" haqida, Lushchanga mahalliy va yosh futbolchilarni o'yinga tashlayotganiga tan berish kerak. U bolani o'ynatmasangiz qanday o'sadi? Shu jihat yoqyapti. O'tgan yili yulduzlar bo'lsa ham o'yinimiz yorqinmasdi. Lushchanda maza qilib ko'radigan o'yinlar bo'lyapti. O'yinda bir kishini ajratib o'tish qiyin. Lekin etakchi va g'alabada asosiy rolni o'ynagan Ruslan Jiyanov yaqqol ko'zga tashlandi",- deydi Sanjar Asqaraliev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика