"Qizilqum" - Akmal Rustamovga serbiyalik murabbiy natijasini takrorlash uchun 7 ta o'yin kifoya qildi
13 avg 16:55
Yangiliklar


"Qizilqum" - Akmal Rustamovga serbiyalik murabbiy natijasini takrorlash uchun 7 ta o'yin kifoya qildi
Navoiyning "Qizilqum" jamoasini joriy mavsum boshida serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich boshqarib kelayotgandi.
Biroq birinchi davra o'rtasidan so'ng unga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Navoiyliklar uning qo'l ostida Superligada 11 ta o'yinda 6 mag'lubiyat, 3 g'alaba, 2 durang qayd etdi va 11 ochko to'pladi.
Klub esa bungacha "Qizilqum" U-21 jamoasida ishlab kelayotgan Akmal Rustamovga ishonch bildirdi. "Oltin izlovchilar" Rustamov bilan birga Superligada 7 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi. Etiborli jihati, jamoa bu davrda mag'lubiyatga uchragani yo'q, 5 durang, 2 g'alaba va 11 ochko jamg'ardi. Yani unga serbiyalik hamkasbining natijasini takrorlash uchun 7 ta o'yin etarli bo'ldi.
"Qizilqum" keyingi uchrashuvni 18 avgust kuni mehmonda "Xorazm"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar