So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  2 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Maksim Shackix: "Hatto yutganimizda ham durangga loyiq o'yin bo'ldi derdim" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Hatto yutganimizda ham durangga loyiq o'yin bo'ldi derdim"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Durangga mos o'yin edi. Bazan shunaqasi bo'lib turadi, raqib bir marta hujumga o'tib gol urib yutib ketadi. Bugun shunaqa o'yin bo'ldi. Biz ham ko'p vaziyat yaratmadik. Lekin o'yin tomonlama bugun yaxshiroq edik. Bu - futbol, mag'lubiyat doim yoqimsiz. Yana qaytaraman, durangga mos bahs kechdi. O'yinni tahlil qilib xatolarni o'rganamiz.

- Bu mag'lubiyatda o'zingizni aybdor deb bilasizmi?

- Albatta. Yana kim aybdor bo'lishi mumkin? Jamoa yutqazsa har doim murabbiy aybdor bo'ladi. Balki noto'g'ri almashtirish qilgandirman. Balki tarkib tanlashda adashgandirman. Balki futbolchilarni ruhan tayyorlay olmagandirman. Lekin ikkinchi tomondan bunday o'yinlarga ortiqcha gapirish shart emas. Kuchli jamoalar bilan hamma o'zini ruhan tayyorlay olishi kerak. Nimayam derdim, hayot davom etadi. Hatto yutganimizda ham durangga loyiq o'yin bo'ldi derdim. Bekitadigan narsa yo'q, men doim rost gapiraman. Bitta zarba, bitta gol. Bizdayam zarba bo'ldi, lekin golga aylanmadi. Har kuni mashg'ulotlarda zarbalarni golga aylantirish ustida ishlaymiz, ammo o'yinga kelganda omad kelmayapti. Nima uchun shunday bo'layotganini tushunmayman.

- Ikkinchi bo'limda Kreziu Altinni maydonga tushirsa bo'lmasmidi?

- Bir narsani hisobga oling, Kreziu Altin tayanch yarim himoyachisi. U orqaroqda o'ynaydi. Biz esa hujumni kuchaytirish uchun oldinga futbolchi tashlashimiz kerak edi. Yutish uchun etiborni hujumga qaratdik. Shu bois hujumkor yarim himoyachini maydonga tushirdik. Altin esa himoyaviy o'yinchi. Shuning uchun uni bugun maydonga tushirgandan mani yo'q edi.

- Saidnurullaev o'rniga Islom Mamatkazin tushirildi.

- O'yin oxirlariga kelib "ikkinchi qavat"dagi kurashlar avj oldi. Bosh bilan yaxshi o'ynagani uchun Mamatkazinni maydonga tushirdik. Balki standart vaziyatda foydasi tegib qolar deb o'yladik.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика