"Liverpul" Mauntni tarkibiga qo'shishga tayyor
21 jan 2023 20:15
Yangiliklar
"Liverpul" Mauntni tarkibiga qo'shishga tayyor
24 yoshli angliyalik futbolchi yozda "CHelsi" bilan shartnomasining oxirgi yiliga kiradi. Yurgen Klopp agar "Stemford Brij" egalari Mauntni yangi bitimga ko'ndira olmasa, harakatni boshlashga hozir.
"CHelsi" klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishni istamaydi. So'nggi paytlarda uning formasida pasayish kuzatilgan bo'lsa-da, jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri sifatida qolmoqda. Maunt hozirda "CHelsi"da eng kam maosh oluvchilar qatorida. SHu bois, futbolchi klub uni qadrlashini xohlaydi.
Turinning "Yuventus"i ham futbolchining xizmatlaridan foydalanishni istaydi. Angliya chempionatidagi asosiy raqiblardan biri futbolchisiga ko'z tikayotganini ko'rgach, g'arbiy London klubi Maunt bilan yangi shartnoma imzolash borasida ishga kirishishi tayin.
Meyson Maunt ushbu mavsum barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda harakatlandi va 3 ta gol urib, jamoadoshlarining 6 ta goliga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar