Levandovski JCH haqida: "Final o'yini tarixdagi eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Bunga musobaqa mavsum o'rtasida bo'lgani sabab"
22 dek 2022 23:46
Yangiliklar
Levandovski JCH haqida: "Final o'yini tarixdagi eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Bunga musobaqa mavsum o'rtasida bo'lgani sabab"
Polsha terma jamoasi etakchisi Robert Levandovski Qatardagi jahon chempionati va aynan uning final o'yini haqida gapirdi.
"Tarixdagi eng yaxshi final o'yinlaridan biri. Menimcha, bunga sabab Jahon chempionatining mavsum o'rtasida o'tkazilganligidir. Bu tajriba yangi bo'lgani uchun chempionat oldidan ko'pchilik bu qiyin bo'lishini taxmin qilgandi. Biroq, bu usulning qanchalik ajoyib ekanligiga finalda amin bo'ldik.
Odatda final iyun va iyul oylarida o'tkazilardi. 70-75 daqiqalardan keyin o'yin sifati tushar edi. Biroq, Argentina va Franciya super o'yin ko'rsatishdi. Ular o'yin davomida biroz charchashdi, ammo bu oldingi mavsumning tasiri. Umuman olganda, Jahon chempionatidagi asosiy farq shunda bo'ldi", -deydi Robert Levandovski.
Malumot uchun, Polsha Jahon chempionati nimchorak finalida aynan Franciya terma jamoasiga mag'lub bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar