So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  1 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Lazizbek Mirzaevni "Leganes"da qanday raqobatchilar kutmoqda? Jamoada uning osiyolik tengqurlari ham bor Yangiliklar

Lazizbek Mirzaevni "Leganes"da qanday raqobatchilar kutmoqda? Jamoada uning osiyolik tengqurlari ham bor

Xabaringiz bor, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev yangi mavsumni Ispaniyaning "Leganes" klubida boshlaydi.

Hujumkor yarim himoyachi mavsumning dastlabki qismida asosiy jamoaga yosh futbolchilarni etkazib beruvchi "Leganes Juvenil A" jamoasida 10-raqamli libosda to'p tepadi. SHu bois, ushbu jamoa sharafini himoya qilayotgan futbolchilar bilan tanishamiz. Keyinchalik asosiy jamoaga ham to'xtalib o'tamiz. 

"Juvenil A" (Juvenil so'zi yoshlar degan manoni anglatadi) Ispaniya yoshlar ligasi 5-guruhida ishtirok etmoqda. Ushbu guruhda "Atletiko", "Real Madrid", "Valyadolid", "Rayo Valekano" singari klublarning yoshlar jamoalari o'rin olgan. "Leganes" yoshlar jamoasi ayni damda 15 turdan so'ng 23 ochko jamg'argan holda 7-o'rinda bormoqda.

"Juvenil A" joriy yil eronlik o'ng qanot himoyachisi Nima Andarzni o'z safiga qo'shib oldi. Andarz 2023 yil Indoneziyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 4 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

SHuningdek, "Leganes"ning B jamoasi "Pxoxan Stilers"ning 19 yoshli o'ng qanot yarim himoyachisi Su Bin Park bilan shartnoma imzoladi.

Qolaversa, "Juvenil A" "Atletiko" hujumkor yarim himoyachisi Noe Peres va "Las Rozas"dan marokashlik hujumchi Sulaymon Al Haddadini tarkibga qo'shib oldi. Peres hozirda B jamoada to'p tepayotgan bo'lsa, Al Haddadi jamoa to'purariga aylanib ulgurdi.

Bosh murabbiy

Manolo Rueda (Ispaniya)

Ruedaning futbolchilik karerasi muvaffaqiyatli o'tmagan, u, asosan, ikkinchi va uchinchi divizion klublarida ishtirok etadigan jamoalar libosida to'p tepgan. 2013 yil esa jarohatlar natijasida butsalarini mixga ilishga majbur bo'lgan. Murabbiylik faoliyatini 2015/16 yil uchinchi diviziondagi "Gava" jamoasida yordamchi sifatida boshlagan. Birinchi ish mavsumidayoq jamoa ikkinchi divizionga ko'tarilishga muvaffaq bo'lgan. SHuningdek, yana bir qator jamoalarda ishlagan Rueda 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab "Levante"ning yoshlar jamoalarida ishlab kelmoqda.

Mirzaevga qaysi futbolchilar raqobatchilik qiladi?

Lazizbek nafaqat markaziy zona, balki qanotlarda ham faol o'yin namoyish eta olishini ko'pchilik yaxshi biladi. SHu bois, murabbiy uni istalgan poziciyada sinab ko'rishi mumkin. "Juvenil A" safidagi mavjud tarkibdan kelib chiqib, unga qaysi futbolchilar raqobatchi bo'lishini ko'rib chiqamiz.


Adrian Poso 

"Rayo Valekano"dan kelib, o'tgan mavsum "Leganes"ning B jamoasida to'p tepgan ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum A jamoa safida ikkita o'yin o'tkazib, 76 daqiqa maydonda harakat qildi va sariq kartochka ishlab olishga ham ulgurdi. Kezi kelganda, Poso hujum chizig'ida ham harakat qiladi.

Niko Linares 

Linares ham o'tgan mavsum B jamoadagi ishonchli o'yinlaridan so'ng A jamoaga o'tkazilgan. Joriy mavsum u 15 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka ishlab oldi. Ispaniyalik yarim himoyachi asosiy tarkib futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Alvaro Gonsales

Gonsales ham asosiy tarkib azosi hisoblanadi. Joriy mavsum u 14 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va bir marotaba sariq kartochka bilan jazolangan.

Gilermo Rodriges

"Las Rozas" tarbiyalagan ispan ham B jamoa orqali tanildi va A jamoa yoshlari safida joriy mavsum 9 o'yinda ter to'kib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Serjio Martin

Yana bir ispaniyalik klub tarbiyalanuvchisi joriy mavsum 14 o'yinda maydonga tushib, 5 marotaba ogohlantirilgan. Kurashuvchan futbolchi kamdan-kam o'yinlarni to'liq o'tkazadi.

Yuriy Menak

Ispaniyalik yarim himoyachi sermahsulligi bilan jamoadoshlaridan ajralib turadi. Ispaniyalik futbolchi 13 o'yinda 4 mart raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.

Gift Siame

Zambiyalik yarim himoyachi avgust oyida "Leganes" bilan shartnoma imzoladi va hozirga qadar 4 ta o'yin o'tkazib, bir marotaba o'z nomini tabloga yozdirdi.

Nima bo'lgan taqdirda ham, Lazizbek Mirzaev o'z iqtidorini namoyish etib, yangi jamoasining ham etakchilaridan biriga aylanadi. Umid qilamizki, tez orada La Ligada "Real Madrid" yoki "Barselona" klublari ishtirokidagi o'yinlardan ko'ra boshqa jamoa bellashuvlarini aynan bir futbolchi intiqlik bilan kuta boshlaymiz.


Eslatib o'tamiz, "Leganes Juvenil A" navbatdagi uchrashuvini 22 dekabr kuni "La Kruz"ga qarshi o'tkazadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика