A Seriyaning oktyabrdagi eng yaxshi futbolchisi og'ir jarohat oldi va Afrika Millatlar Kubogini o'tkazib yuboradi
14 noy 15:18
Yangiliklar
A Seriyaning oktyabrdagi eng yaxshi futbolchisi og'ir jarohat oldi va Afrika Millatlar Kubogini o'tkazib yuboradi
"Napoli" rasman kamerunlik yarim himoyachi Frank Zambo-Angissaning jiddiy jarohati haqida elon qildi.
Neapol klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi bir necha oyga safdan chiqadi. Natijada Angissa 2026 yilgi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etolmaydi. Bu nafaqat Italiya klubi, balki Kamerun terma jamoasi uchun ham jiddiy yo'qotish.

Angissa — "Napoli" asosiy futbolchisi. U joriy mavsum jamoa tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 4 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi. U oktyabr oyida A Seriyaning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgandi.
Angissaning jarohati Kevin De Bryuyne va Romelu Lukakudan keying "Napoli" uchun yana bir jiddiy yo'qotishdir.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar