"Lans" himoyachisi Massadio Aydara: "Husanov jamoaga kutilganidan tezroq moslashyapti"
22 fev 2024 19:24
Yangiliklar
"Lans" himoyachisi Massadio Aydara: "Husanov jamoaga kutilganidan tezroq moslashyapti"
Malilik 31 yoshli himoyachi o'zi bilan bir chiziqda to'p tepadigan o'zbekistonlik hamkasbini maqtadi.
"Husanov juda yaxshi o'yinchi, yakkakurashlarda ishonchli harakat qilmoqda. U yosh, lekin ko'rsatayotgan o'yinidan uning yosh ekanligini ham unutib qo'yamiz. Abduqodir muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega. U jiddiy yigit, shu bilan birga, boshqalarni tinglashni biladi va har doim maydonda borini beradi. O'z navbatida biz uni imkon qadar qo'llab-quvvatlashga harakat qilamiz. Unga maslahat berishga harakat qilamiz. Dastavval u muloqot qilish borasida qiyinchiliklarga uchradi, ammo futbolning o'z tili bor, biz shu orqali muloqot qilamiz va u kutilganidan tezroq moslasha boshlaydi", — dedi Aydara.
Eslatib o'tamiz, bugun "Lans" Evropa ligasi 1/16 final doirasida "Frayburg" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar