La Liga prezidenti Grizmann transferini taqiqlash haqida gapirdi
25 iyu 2019 09:04
Yangiliklar
La Liga prezidenti Grizmann transferini taqiqlash haqida gapirdi
“Atletiko Madrid” “Barselona” ustidan La Liga rahbariyatiga shikoyat qilgandi.
Unga ko'ra, “matraschilar” “Barselona”dan Antuan Grizmann uchun yana 80 mln evro so'ramoqda. Agar mazkur talab qondirilmasa, futbolchini La Liga ro'yxatidan o'tkazmaslik so'ralgan.
“La Liga Grizmann transferini taqiqlab qo'yishi mumkin. Buni “Atletiko” vakillari so'ramoqda. Hozirda tekshiruv ishlari boshlangan. Vakolatli organlar holat haqida bir qarorga kelishi kerak, shundan so'ng La Liga hukmni elon qiladi”, — deydi La Liga prezidenti Xaver Tebas.
Malumot uchun, Barselona” Grizmann bilan shaxsiy kelishuvga futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 200 mln evro bo'lgan vaqtda erishgan. 2019 yil 1 iyulidan esa futbolchining tovon puli 120 mln evrogacha pasaygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar