So’nggi yangiliklar

13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0

Kuvayt U-23 bosh murabbiyi Abdul Aziz Hamadeh: "Avstraliyalik o'yinchilar va yigitlarim o'rtasida katta tafovut bor" Yangiliklar

Kuvayt U-23 bosh murabbiyi Abdul Aziz Hamadeh: "Avstraliyalik o'yinchilar va yigitlarim o'rtasida katta tafovut bor"

Yurtimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turida Avstraliya U-23 termasi Quvayt U-23 jamoasini (2:0) mag'lub qildi.

O'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Quvayt U-23 termasi bosh murabbiyi Abdul Aziz Hamadeh qatnashdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda barchaga rahmat demoqchiman. Rostini aytsam, mag'lub bo'lganimizga qaramasdan, biz raqibga kuchli qarshilik ko'rsata oldik. Evropacha uslubda o'ynaydigan jamoaga qarshi juda ko'p kuch yo'qotdik. Ammo bugun biz gol kiritishimiz lozim edi. Keyingi o'yinda yaxshi o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonishimizga ishonaman.

- Avstraliya jamoasi haqida nima deya olasiz?

- Biz birinchi navbatda o'z jamoamiz o'yinini tahlil qilishimiz lozim. Guruhimizdagi barcha terma jamoalar juda kuchli. Misol uchun, Avstraliya terma jamoasiga etibor beramiz. Avstraliya termasi tarkibida mamlakat chempioni bo'lgan "Sidney" jamoasi tarkibidan besh yoki oltita professional o'yinchi bor. "Adelaida" jamoasi tarkibidan ham olti yoki ettita o'yinchi ushbu jamoa tarkibida o'ynamoqda. SHu bilan birga, raqib tarkibida Angliyada o'ynaydigan o'yinchilar ham bor. Bizning jamoada esa asosiy o'yinchilar hali yosh va havaskor. Aynan shu sabab ham ikki jamoa orasida katta tafovut yuzaga keldi. 

- Keyingi o'yindan oldin shogirdlaringizni qanday ruhlantirasiz? 

Birinchi navbatda shogirdlarim o'zini ruhan tiklab olishiga intilaman. Ruhiy va jismoniy holat juda muhim. Men o'yinchilarimdan o'zlariga ishonishlarini va maydonda yaxshi futbol ko'rsatishlarini so'rayman. Bu musobaqada har uch kunda o'yinlar o'tkaziladi. SHu sabab, ular birinchi navbatda o'zlarini jismonan tiklab olishlari kerak. SHundan so'ng esa men ularga ishonch berib, maydonda yaxshi o'yin ko'rsatish uchun imkoniyat yarataman.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика