So’nggi yangiliklar

16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  0 16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0

"Kuperning sobiq yordamchisi, yangi murabbiy va Galiulin haqida". Vadim Abramov bilan suhbat Yangiliklar

"Kuperning sobiq yordamchisi, yangi murabbiy va Galiulin haqida". Vadim Abramov bilan suhbat

O'zbekiston terma jamoasi ayni paytda Dubayda xorij yig'inini davom ettirmoqda.

Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

- Vadim Karlenovich, Dubaydagi yig'in qanday o'tmoqda?

- Yig'in odatiy tarzda o'tmoqda. Jahon chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik davom etmoqda. Ayni paytda legionerlarni chaqira olmaymiz, shu bois boshqa futbolchilarni sinovdan o'tkazib olayapmiz. Bu yig'in doirasida uchta nazorat uchrashuvini o'tkazamiz. Barcha futbolchilar reja bo'yicha mashg'ulot o'tkazishmoqda.

- Murabbiylar shtabida o'zgarishlar kuzatildi...

- To'g'ri murabbiylar shtabida o'zgarishlar bor. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yangi murabbiy Antonio Sarioglu keldi. U terma jamoada Ektor Kuperga yordam berganini yaxshi bilasiz. Bundan tashqari Timur Kapadzening o'rnida Viktor Grigorevich Tishenko keldi. Kapadze bor etiborini olimpiya terma jamoasiga qaratishi tufayli milliy terma jamoada endi menga Tishenko yordam beradi. U juda ham tajribali murabbiy, Moskvaning "Lokomotiv", Kievning "Dinamo" klublarida turli lavozimlarda ishlagan. Katta tajribasi bor mutaxassis chetdan jamoamizga baho beradi va kamchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.



- Tishenkoni terma jamoaga chaqirish kimning qarori?

- Tishenkoni chaqirish shaxsan o'zimning qarorim bo'ldi. Uni anchadan beri yaxshi bilaman. Antonioni esa menga tavsiya qilishdi. Bungacha u bilan birga ishlaganlardan yaxshi fikrlar eshitdim. Antonio bilan tanishdim, gaplashib oldim. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyning metodlari bilan tanishib borayapmiz.

- Vagiz Galiulinning hozirgi darajasi terma jamoa talablariga javob beradimi?

- Galiulin bizning talablarimizga javob beradimi yoki yo'qmi bo'lajak o'yinlarda bilib olamiz. SHu bois uni bu yig'inga chaqirdik. Uni olimpiya va milliy terma jamoadagi o'yinlari orqali yaxshi bilaman, birga ishlaganmiz. Tajribali futbolchi, tarkibimizda yoshlar juda ko'p, shijoat va tajriba uyg'unligi bizga foydali bo'ladi.

- Galiulin terma jamoaga qanday kirishib ketdi?
- Vagiz terma jamoada oldin ham o'ynagan, Ahmedov bilan, To'raev bilan birga to'p tepgan. Terma jamoa uchun yangi emas, shu bois moslashish borasida hech qanday muammo bo'lgani yo'q.

 
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика