Vadim Abramov: "Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytira olmadi"
21 sen 00:06
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytira olmadi"
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin qanday kechganini hamma ko'rdi, shu bois savollarga o'ta qolaylik.
- Bugun ikkala darvozabon ham maydonda harakat qildi. Oxirgi o'yinlarda Edem Nemanovga ishonch bildirib kelayotgan edingiz.
- Bu erda ishonchdan tashqari mashg'ulotlarda ishlash ham bor. Mashg'ulotda har ikki darvozabon ham yaxshi ishlaydi. Nemanov terma jamoaga ketgan payt biz nazorat uchrashuvlari o'tkazdik va bunda darvozani Yagudin qo'riqladi. Ravshan Yagudin ancha tajribali darvozabon. Mashg'ulotdagi harakatlaridan kelib chiqib uni asosiy tarkibda tushirdik. Uning ko'z bilan bog'liq muammosi bor edi. Avvaliga o'ynay olaman dedi. Keyin esa tanaffusda uchrashuvni davom ettira olmasligini aytdi. Shu bois ikkiinchi taymda Nemanovni tushirdik.
- Bugungi mag'lubiyatga "Dinamo" zaxira o'rindig'ining torligi ham sabab bo'ldimi?
- Fikringizga qo'shilaman. Zaxiramiz chindan ham tor. Bazi o'yinchilarda jarohat bor, bazilari diskvalifikaciyaga uchragan. Afsuski, zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytira olmadi. Bunday o'yinlarga katta zaxira kerak bo'ladi. Mag'lubiyat uchun samarqandlik muxlislardan uzr so'rayman.
- Balki to'p nazoratini qo'lga olib durang uchun harakat qilsa to'g'ri bo'lmasmidi?
- Biz Farg'onaga g'alaba uchun kelgandik. Hatto o'yinda ham g'alaba uchun harakat qilganimiz ko'rindi. Durang qayd etsak ham bo'ladi degan xayol bilan stadionga kelmaymiz. Shu bois to'pni ushlash uchun emas, balki gol urish uchun harakat qildik. Yo'q joydan oddiy xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Futbol shunaqa o'yin, doim ham ustunlikka ega jamoa g'olib chiqavermaydi.
- "Dinamo" nima uchundir Levchenko boshqaruvidagi "Neftchi"ga faqat mag'lub bo'lyapti.
- Chunki sizlarda yaxshi murabbiy bor, shuning uchun ham doim yutyapti. U taktikani va o'yinchilar tanlovini har doim to'g'ri qilyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar