So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Vadim Abramov: "Men VARni tushunmayapman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Men VARni tushunmayapman"

Superliga 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun futbol o'ynaydigan jamoaga qarshi bahs olib bordik. O'yin muxlislarga yoqdi degan fikrdaman. Og'ir uchrashuvni o'tkazdik. Oxirgi daqiqalarda belgilangan penalti sabab tayyor g'alabani boy berdik. Tushunarsiz holat bo'ldi. Hakamni VARga chaqirishdi. Bizdagi vaziyatda esa hech kim chaqirmadi. Bu nima bilan bog'liq bilmayman. Xullas men VARni tushunmayapman. Nafaqat bizda, hamma joyda shunaqa bo'lsa kerak. Bizga ko'p bor kartochka ko'rsatishdi. Raqib o'yinchisiga ikkinchi "sariq" ko'rsatilishi kerak paytda hakamlar jim turishdi. Balki men hakamlikni yaxshi tushunmasman. Shuning uchun jim turganim maqul.

- O'yindan qoniqdingizmi?

- Jamoamiz oxirigacha harakat qildi. "So'g'diyona" o'tgan turni bizdan oldin o'ynagani bois ularda tiklanish uchun bir kun ko'p vaqt bo'ldi. Shunga qaramay biz ham yaxshi o'yin namoyish etdik. Oxirigacha kurashdik. Og'ir maydon va hakamlikka qarshi qiyin bahsni o'tkazdik.

- Edem Nemanov ketma-ket ikkinchi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. U bundan keyin jamoaning asosiy darvozaboni bo'ladimi?

- Ko'ramiz. Bizda darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiy bor va har o'yindan oldin uning fikrini eshitamiz. Edem endi terma jamoaga ketadi.

- 25 avgust kuni "Sho'rtan" bilan o'yinda rotaciya ko'ramizmi?

- Qanaqa rotaciya? "Sho'rtan" oddiy jamoa emas. Biz hali o'yinni yutganimiz yo'q. "Sho'rtan" "Bunyodkor"ga yutqazmadi, bugun esa "Navbahor"dan ochko oldi. Bunga jiddiy qaraymiz. Raqibni mensimaslik qanday oqibatlarga olib kelishini juda yaxshi bilamiz. Tezroq tiklanib navbatdagi bahsga hozirlik ko'ramiz.

- Bugungi uchrashuvni ko'rish uchun terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ham keldi. Sizningcha, qaysi futbolchilar uning diqqatini tortgan bo'lishi mumkin?

- Doriev bo'lsa kerak.

- Yo'q, o'zbek futbolchilardan?

- Uni bilmadim. O'zimizning futbolchilar haqida Timurning o'zidan so'rash kerak.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика