Amorim "Inter" futbolchisini "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi
23 sen 16:24
Yangiliklar
Amorim "Inter" futbolchisini "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim qishki transfer oynasida "Inter" himoyachisi Federiko Dimarkoni safiga qo'shib olmoqchi.
Bu haqda "il Napolista" xabar berdi.
Italiya nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" ustozi himoyachining imkoniyatlarini yuqori baholaydi, uning texnik mahorati va zarba berish qobiliyatiga tan beradi. Qolaversa, Dimarko portugaliyalik murabbiy foydalanadigan uch kishilik markaziy himoyachi sxemasida o'ynash tajribasiga ega.
Italiyalik himoyachining shartnomasi 2027 yilda tugaydi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Futbolchi o'tgan mavsum Milan jamoasi safida barcha musobaqalarda 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
Normalniy top tepolmedi