Koronavirus bilan kasallangan Ronaldu “Barselona”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradimi?
13 okt 2020 21:40
Yangiliklar
Koronavirus bilan kasallangan Ronaldu “Barselona”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradimi?
Bugun, Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduda COVID-19'ga topshirgan test tahlili ijobiy natija bergani haqida xabar bergandik.
Ronaldu Millatlar Ligasi 4-turi doirasida o'tadigan SHveciyaga qarshi o'yinda qatnasholmasligi aniq bo'ldi. SHuningdek, 35 yoshli forvard “Yuventus” safida “Krotone” (A Seriya, 17 oktyabr) va “Dinamo K” (ECHL, 20 oktyabr) bilan bahslarni ham o'tkazib yuborishi aytilmoqda.
Yaqinda Italiya ilmiy-texnik qo'mitasi karantin muddatini 14 kundan 10 kungacha qisqartirishi to'g'risida qaror qabul qildi va buning uchun koronavirus testi salbiy chiqishi kifoya qiladi.
Demak, Ronaldu o'n kunlik karantindan so'ng virusdan to'liq forig' bo'lsa, “Verona” (A Seriya, 25 oktyabr) hamda ko'pchilik kutayotgan “Barselona”ga (ECHL, 28 oktyabr) qarshi o'tadigan uchrashuvlargacha safga qaytishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar