So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  3 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Koreyalik darvozabon: "Yana penaltilar seriyasi bo'lganda, barchasi xuddi shunday tugardi" Yangiliklar

Koreyalik darvozabon: "Yana penaltilar seriyasi bo'lganda, barchasi xuddi shunday tugardi"

Osiyo kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni va Koreya Respublikasi o'rtasidagi dramatik o'yindan so'ng, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, koreyslar darvozaboni Jo Xyon Vu o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogining ikki kuchli jamoalari o'rtasidagi o'yin penaltilar seriyasigacha bordi va unda Koreya Respublikasi g'alaba qozondi. Seriyada ikkita penaltini qaytargan Koreya Respublikasi darvozaboni Jo Xyon Vu bu g'alabaga o'ziga bo'lgan ishonch sabab bo'lganini aytdi.

"Buning barchasiga ishonch sabab bo'ldi. Murabbiy jamoaga ishonch berdi. U o'yindan oldin yonimizga keldi va o'z kuchimizga ishonishimiz kerakligini takidladi. Aynan shu maslahatlar o'z samarasini berdi. 

Penaltilar seriyasida o'zimga bo'lgan ishonch o'ta yuqori edi. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan shunchaki baxtlimiz. 

O'ziga bo'lgan ishonchga mashg'ulotlar orqali erishiladi. Biz juda ko'p vaqtimizni penaltilar seriyasiga tayyorlanishga sarfladik. Seriyadagi muvaffaqiyatli harakatlarimda termamizning darvozabonlar bo'yicha murabbiyining hissasi katta. U yonimga keldi va "O'zingga ishon. Qanday qaror qabul qilishingdan qatiy nazar, bu ishni ishonch bilan bajar", dedi. Men aynan shunday qildim. Yana penaltilar seriyasi bo'lganda, barchasi xuddi shunday tugardi", -deydi Jo Xyon Vu.

Malumot uchun, Koreya Respublikasi Osiyo kubogi chorak finalida Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. 

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика