Klopp: "Tanqidchilar Nunesga erta baho berib yubordi"
15 avg 2022 20:01
Yangiliklar
Klopp: "Tanqidchilar Nunesga erta baho berib yubordi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi hujumchisi Darven Nunes haqida fikr bildirdi.
Urugvaylik hujumchi "Manchester Yunayted"ga qarshi mavsumoldi o'rtoqlik o'yinidan so'ng (0:4) tanqid ostiga olingandi. Biroq futbolchi "qizillar"ning navbatdagi raqibi "Leypcig"ga qarshi bahsda to'rtta gol urdi, shuningdek, Angliya Superkubogi doirasida "Manchester Siti" (3:1) darvozasini ishg'ol qildi. Qolaversa, APLning ilk turi doirasida "Fulxem" posbonini ranjitdi.
"Besh hafta ilgari mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini boshlaganimizda hamda Darvin ilk o'yinida maydonga tushganda yorqin taassurot qoldira olmadi. Biroq biz odamlar juda tez xulosa chiqarishga shoshilamiz. Hozir esa barcha uning iqtidorli hujumchi ekanligi haqida bong urmoqda", — dedi germaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar