Klopp: "Safarda bir ochko - yomon emas, bo'laveradi"
26 fev 2023 10:18
Yangiliklar
Klopp: "Safarda bir ochko - yomon emas, bo'laveradi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.
"Menga o'yinning starti juda yoqdi, to'g'ri dinamikani tanladik, yaxshi uzatmalar amalga oshirdik. Raqib darvozamizga yaqinlashmadi, biz esa 3-4 vaziyatga ega bo'ldik - Saloh to'sinni poyladi, Jotaning boshi bilan yo'llagan zarbasi... Odatda bunday paytlarda bir yoki ikki vaziyatdan gol urgan bo'lardik. Biroq bu safar unday bo'lmadi.
Menimcha, biz oldindan o'ylangan futbolimizni yo'qqa chiqardik - bunday holatda himoyalanish osonroq edi. Kutilmagan futbol o'ynash uchun jamoada rang-baranglik bo'lishi kerak.
To'pni o'zimiz yo'qotdik, raqiblar esa agressiv o'ynadi. Albatta, nimadir noto'g'ri ketayotgani borasida hissiyotlar bor. Ammo safardagi bir ochko yomon natija emas, bu ham bo'laveradi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar