Slot: "Kattaroq hisobda yutishimiz mumkin edi"
05 noy 13:51
Yangiliklar
Slot: "Kattaroq hisobda yutishimiz mumkin edi"
"Juda mamnunman. Oxirgi haftalar oson bo'lgani yo'q — ko'p safarlar, o'yinlar orasida deyarli dam olish bo'lmadi.
Bunday muxlislar oldida "Real"ga qarshi o'ynash foydali, chunki bu kabi bahslar futbolchilarimizdan maksimal faollikni talab qiladi — shuningdek, muxlislardan ham. Bu mavsumda faqat bir marta mag'lub bo'lgan jamoaga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdik. Kattaroq hisobda yutishimiz mumkin edi.
O'yin oldidan shunday degan edim: "Real" La Ligada 26 gol urgan, Mbappe va Vinisiusning hisobiga esa 24 golli harakat to'g'ri keladi. G'alaba qozonish uchun eng muhimi — ularning ikkisini ham to'xtatish edi. Jamoa alo darajada himoyalandi — ham yuqori pressingda, ham chuqur himoyada. Bredli esa ajoyib o'yin namoyish etdi. Vinisius to'xtatish har kimning ham qo'lidan kelmaydi. U esa buni mukammal bajardi.
Men futbolchilarga bitta narsani aytdim: menga faqat bitta uslub yoqmaydi — bu o'rta blokda o'ynash. Chunki "Real" hujumchilari himoyadan juda aniq vaqtda va hayratlanarli tezlikda chiqa oladi. Shuning uchun yo yuqori pressing qilish kerak, yoki orqaroqda ularga bo'sh joy qoldirmaslik lozim", — dedi Arne Slot Amazon Prime efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar