Pro ligada kim g'olib bo'ladi? Reglament nima deydi?
08 noy 16:05
Yangiliklar
Kecha — 5 noyabr kuni Proliga 19-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda "Olimpik Mobiuz" hamda "Lokomotiv" klublari o'zaro durang natija qayd etdi. Shundan kelib chiqib, Superligaga yo'llanma beruvchi 1-o'rin sohibi hamda pley-off yo'llanmasiga ega chiquvchi 2-o'rin egasi nomiga 9 noyabr kuni o'tkaziladigan so'nggi tur bellashuvlari aniqlik kiritib beradigan bo'ldi.
9 noyabr kuni "Aral" Nukusda "Lokomotiv" klubini qabul qiladi. Qoraqalpog'istonning boshqa bir klubi Jayxun esa Toshkentda "Olimpik Mobiuz" mehmoni bo'ladi. Har ikki uchrashuv bir vaqtda — 14:00 da start oladi.


"Aral"
"Aral" Superligaga to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishi uchun "Lokomotiv" ustidan kamida 2 ta to'p farqi bilan g'olib chiqishi talab etiladi. Mazkur jamoalarning joriy mavsum doirasidagi o'zaro o'yinlariga nazar tashlaymiz:
5-tur
"Lokomotiv" 2:0 "Aral"
10-tur
"Aral" 2:0 "Lokomotiv"
15-tur
"Lokomotiv" 1:0 "Aral"

O'zaro o'yinlarda ustunlik "Lokomotiv" tomonida ekanligi malum. So'nggi turda "Aral" raqibini 1 ta gol farqi bilan taslim etsa, u holda o'zaro o'yinlarda tenglik yuzaga keladi. Bunday holatda reglament bo'yicha har ikki klubning musobaqa doirasidagi umumiy to'plar farqiga etibor qaratiladi. Ayni holatda Aral +15 va "Lokomotiv" +23 gollar farqini yuzaga keltirgan. Shundan kelib chiqib, Aral Superligaga to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishi uchun raqibini faqatgina ikki yoki undan ko'proq gol farqi bilan mag'lub etishi lozim.
Olimpik Mobiuz
Toshkent klubi Superligaga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi. "Olimpik Mobiuz" faqatgina pley-off yo'llanmasidan umid qilishi mumkin. Buning uchun "Lokomotiv" Nukusda mag'lub bo'lmasligi lozim. Quyida ehtimoliy variantlarni ko'rib chiqamiz:
• «temiryo'lchilar» Nukusda g'olib chiqsa, u holda istalgan hisobdagi g'alaba "Olimpik Mobiuz" klubiga 2-o'rinni kafolatlaydi;
• "Aral" — "Lokomotiv" uchrashuvida durang natija qayd etilsa, Olimpik "Olimpik Mobiuz" 2-o'rin uchun yo 4 ta gol farqi bilan zafar quchishi yoki 3 ta gol farqi bilan zafar quchgan holatida umumiy to'plar farqi bo'yicha Aral klubidan o'zib ketishi lozim;
• "Aral" "Lokomotiv" ustidan zafar quchsa, har qanday holatda ham Olimpik "Olimpik Mobiuz" Superliga yo'llanmasiga ega chiqa olmaydi.
"Lokomotiv"
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqilsa, "Lokomotiv" klubida nisbatan imkoniyat yuqori ekanligi oydinlashadi:
• 1 ta gol farqi bilan mag'lubiyat "Lokomotiv" klubini Superligaga olib chiqadi;
• 2 ta gol farqi bilan mag'lubiyat tufayli "Lokomotiv" pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi;
• ehtimoliy durang yoki g'alaba tabiiyki, "Lokomotiv" uchun Superliga eshiklarini ochadi.
Masalaning qiziq tomoni shundaki, o'tgan yillar bilan solishtirganda "Aral" klubiga birinchi bor o'z hamshahri yordam qo'lini cho'zishi ham mumkin. Boisi, Jayxun 2025 yilga kelib ilk bor Proligada ishtirok etmoqda. Endilikda Jayxun Aral klubidan bosimni olib tashlash imkoniyatiga ega:
• nukusliklar Toshkentda "Olimpik Mobiuz" klubidan ochko olsa, "Olimpik Mobiuz" Superliga yo'llanmasidan mahrum bo'ladi;
• "Aral" raqibi bilan ehtimoliy durang natija qayd etsa, Jayxun yordam sifatida "Olimpik Mobiuz"dan yirik hisobda mag'lub bo'lmasligi Aral uchun imkoniyatni saqlab qoladi.
Joriy mavsum Proligada faqatgina 6 klub ishtirok etdi. Superliga ishtirokchilari soni 2025 yilda 16 ta etkazilgani tufayli, shuningdek, Metallurg, Turon kabi klublarning musobaqalar bilan xayrlashishi oqibatida endilikda Liga 2026 yilga kelibgina holatni o'nglash ustida ish olib bormoqda. Ammo 6 klub ishtirok etgan musobaqada ham intriga so'nggi turga qadar saqlanib turdi. Biz 20-turda maydonga tushadigan barcha jamoaga omad tilaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar