So’nggi yangiliklar

22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  1 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  2 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  1 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  9 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0

“O'FF Prezidenti kubogi” – ommaviylik poydevori Yangiliklar

“O'FF Prezidenti kubogi” – ommaviylik poydevori

Bugun poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida “O'FF Prezidenti kubogi” musobaqasi start oldi.

Havaskor jamoalar o'rtasidagi birinchilikda o'nta jamoa ishtirok etmoqda.

Mazkur turnir mamlakatimizda futzal sport turini yanada ommalashtirish, uni aholining quyi qatlamlarigacha etkazish, yosh istedodlarni kashf etish va ularni professional musobaqalarga tayyorlash kabi yuksak maqsadlarni o'z ichiga olgan. Musobaqaning ilk mavsumi dastlabki turiyoq ijobiy natijalarga umid va ishonch uyg'otmoqda.

1-turdan o'rin olgan uchrashuvlar tomoshabopligi va murosasiz kurashlarga boy o'tgani bilan ajralib turdi. Katta futzal muhitini his etgan mahoratli o'yinchilar bilan bir qatorda, o'smirlar va havaskorlar ham maydonda faol ishtirok etmoqda. Ular olayotgan taassurotlarni so'z bilan ifodalash qiyin. Ishtirokchilarning ko'zlaridagi g'alabaga chanqoqlik, futzalga bo'lgan mehr-muhabbat bu sport turining xalq orasida qay darajada sevilishi va qadrlanishidan darak beradi.

Turnir endigina start olgan bo'lsa-da, jamoalar musobaqaga ko'nikib bormoqda. Ular raqiblarni o'rganish, taktik va strategik vazifalarni amalga oshirish uchun etarli vaqt va imkoniyatga ega.

Shuningdek, mazkur musobaqa uchrashuvlarini muxlislarimiz va mutaxassislar TATU sport majmuasida bepul tomosha qilishlari mumkinligini ham eslatib o'moqchimiz. Haftaning shanba kunlari soat 8:00 da boshlanadigan uchrashuvlar nafaqat sport muxlislariga, balki dam olish kunini mazmunli o'tkazmoqchi bo'lgan har bir kishiga  manzur bo'ladi. Hujumkor o'yinlar, chiroyli kombinaciyalar va betakror uslublar ostida kechadigan bellashuvlar, shubhasiz, yoqimli taassurot hadya etadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика