So’nggi yangiliklar

22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  1 22:07ЕЧЛ. "Славия" – "Арсенал", "Наполи" – "Айнтрахт". Таркиблар аниқ!  3 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  7 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  5 20:52"Реал" ҳимоячиси: "Яхши ҳимояланиш сирини Италияда ўрганганман. "Ювентус" ва "Рома"дан миннатдорман"  1 20:30Стивен Жеррард Россия клубига "йўқ" деди  1 20:11Расман: "Golden Boy-2025" маълум қилинди  1 19:45"Ливерпуль" – "Реал": Навбатдаги тўқнашувда омад кимга кулиб боқади?  5 19:23"Ливерпуль" Кевинга қизиқмоқда  2 18:55"Футбол олами". Ҳакамлар VAR'га қулоқ солмай қўйишди  4 18:28Артета Гёкереш сафдан чиққанини маълум қилди  2 18:00Дэвид Бекхэм қиролдан рицарлик унвонини қабул қилиб олди  5 17:38МЮ "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 17:05Неймар Бразилиянинг 2025 йилги сўнгги ўртоқлик ўйинларига чақирилмади  0

"Liverpul" – "Real": Navbatdagi to'qnashuvda omad kimga kulib boqadi? Yangiliklar

"Liverpul" – "Real": Navbatdagi to'qnashuvda omad kimga kulib boqadi?

Bugun tunda UEFA Chempionlar Ligasi to'rtinchi turining eng muhim uchrashuvlaridan biri ― "Liverpul" va "Real"ning yangi to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

Ispaniyaliklar ancha vaqt o'zaro kurashda ustunlik qilib kelishdi, biroq oxirgi bellashuv inglizlar foydasiga hal bo'lgan. Bugun bizni ancha qiziqarli bellashuv kutib turgani aniq. Qiyin tanlov "Liverpul" - "Real" yoki PSJ - "Bavariya". Agarda siz "Enfild"dagi to'qnashuvni kutayotgan bo'lsangiz, jamoalar holati, yo'qotishlar, bahsga kim qanday formada etib kelmoqda va boshqa muhim jihatlar haqidagi ushbu material aynan siz uchun!   


"Liverpul" haqida

1. "Real"ga qarshi bahsdan avval "Liverpul" APLda muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Bir necha kun avval klub Angliya Liga Kubogidan chiqib ketdi: Arne Slot zaxira futbolchilaridan iborat tarkibni o'yinga tashladi va "Kristal Pelas"dan (0:3) mag'lubiyat qabul qilib oldi. Natijada barcha musobaqalardagi oxirgi 7 o'yindagi 6-mag'lubiyat ― bunaqasi 2012 yildan buyon kuzatilmayotgandi.

Biroq yuzaga kelgan bosimga qaramay, shanba oqshomida "Liverpul" APLdagi mag'lubiyatli seriyasini (4 uchrashuv) uzishga erishdi. Etiborlisi, ushbu g'alaba yaxshi sport formasiga kirib olgan "Aston Villa" bilan bahsda (2:0) rasmiylashtirildi. Uch ochko tufayli "Liverpul" jadvalning yuqori qismiga qaytdi va malum muddatga bosimni kamaytira oldi. Endi Chempionlar Ligasidagi vaziyatni yaxshilash zarur ― bu erda jamoa hozircha 10-pog'onani band etgan, yaniki 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma zonasidan pastda.


2. Kadrlar muammosi sabab Slotda zaxiradan o'yinni kuchaytirish uchun variantlar deyarli yo'q 

"Real"ga qarshi bahsda "Liverpul" asosiy tarkibga kamida yaqin futbolchilarning bir guruhi xizmatlaridan foydalana olmaydi ― bu ro'yxatda Alisson, Jeremi Frimpong, Aleksandr Isak va Kyortis Jonsni ko'rish mumkin.

Dam olish kunlaridagi o'yinda zaxira o'rindig'i asosini akademiya tarbiyalanuvchilari tashkil qilgandi, nisbatan tajribali deyish mumkin bo'lgan Jo Gomes va Vataru Endo ham "Real"ga qarshi to'qnashuvda zaxiradan maydonga tushib, o'yin kartinasini o'zgartirib yubora oladigan futbolchilar sirasiga kirmaydi. Shu sababli "Aston Villa" bilan bahsda faqatgina Florian Virtc zaxiradan o'yinga qo'shildi ― unga ham bor yo'g'i 15 daqiqa vaqt ajratildi.


3. "Enfild" mo'jizasi ortiq yordam bermayaptimi? 

Arne Slot kelgach, birinchi mavsum "Liverpul" o'z maydonida bor yo'g'i 2 bor mag'lubiyatga uchragandi ― hozir oktyabr oyi oxiriga kelib, o'sha "natija takrorlab" bo'lindi. Liga Kubogidagi omadsizlikdan tashqari jamoa 2016 yildan beri birinchi bor Liverpulda MYUga imkoniyat boy berildi.

"Enfild"dagi qolgan o'yinlarda g'alaba qo'lga kiritildi, ammo ularda ham oldingidek ishonchli o'yinni ko'rmadik. Asosan "Liverpul" minimal ustunlik bilan g'alabani o'z tomoniga og'dirdi. Hal qiluvchi gollarning aksariyati ham so'nggi daqiqalarda kiritildi. "Aston Villa"ga qarshi bahs ― birinchisi bo'ldiki, "Liverpul" va muxlislari uchun ishonchli o'yin va oxirgi daqiqalarda ortiqcha asabiylashishga sabab yo'q edi. "Enfild" ortiq mehmonlarni avvallari bo'lgani kabi qo'rquvga solmayapti.

"Real Madrid" haqida

1. "Real" mavsum boshidan buyon faqat bir marta qoqildi

La Liga doirasida kechgan yagona omadsiz uchrashuv ― sentyabr oyida bo'lib o'tgandi. O'shanda "Real" yirik hisobda "Atletiko"ga yutqazgani yodingizda bo'lsa ajabmas. Ha, og'riqli mag'lubiyat edi, ammo bugunga kelib u mag'lubiyat unutilgani ham bor gap. Madrid derbisidan keyin jamoa qatorasiga oltita g'alaba qo'lga kiritildi ― "Riyad Eyr Metropolitano"dagi mag'lubiyatdan oldingi g'alabali seriya etti ko'rsatkichida to'xtagandi.

"Real" Primerada ishonchli tarzda etakchi bo'lib turibdi, qo'shimchasiga Chempionlar Ligasida ochko yo'qotmaganlar qatorida bormoqda ― bu ro'yxatda yana faqatgina to'rt klub bor. Ammo takidlash lozimki, evrokubokdagi 3 g'alabadan 2 tasi u qadar osonlik bilan qo'lga kiritilmadi. Shu sababli "Real" jadvalda faqatgina beshinchi.


2. Arda Gyuler jarohat oldi

Karlo Anchelotti davrida bu ortiqcha etibor berilmaydigan vaziyat bo'lgan bo'lardi, Xabi Alonso "Real" uchun esa xavbek ancha muhimroq rol o'ynaydi ― maydondagi kreativdan tashqari, Gyuler barcha musobaqaning 14 o'yinida 3+6 statistik ko'rsatkich qayd etib ulgurdi.


Juda muhim vaziyat ― bu Trent Aleksandr-Arnoldning "Enfild"ga qaytishi. Biroq angliyalik 16 sentyabrdan buyon lazaretda edi, shu sababli u katta ehtimol bilan o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi.


3. Golli seriya 14 o'yinga etdi

Ikki bor qoqilgan "Liverpul"dan farqli ravishda "Real" har bir o'yinda gol urishni uddalamoqda. Yanada ko'proq muddatni olsak, ispanlar oxirgi 30 o'yindan 29 tasida raqib darvozasini ishg'ol eta olgan. O'sha yagona gol urilmagan bellashuv klublar o'rtasidagi JCH yarim finalida PSJga qarshi edi.

ECHLning joriy mavsumida "Real" 8 ta gol urib ulgurdi, biroq... Ularning yarmidan ko'prog'i "Qayrat" darvozasiga to'g'ri keldi. "Marsel" kiperi ikki bor, penaltidan, ranjitildi. "Yuventus" bilan bahs taqdirini ham bitta gol hal qildi. Bazida vaziyatlardan foydalanish ko'rsatkichi pand bermoqda ― hozircha raqiblar bu uchun jazolamayapti. "Qayrat"ga qarshi bahsni hisobdan chiqarib tursak, "Real" ECHLning 5 o'yinida 4 ta gol bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
04 noy 20:50:48
Michael
Abdunazar. foydalanuvchining fikriga javob berish
Liverpul 10% - 90% Real, tahminlarga ko'ra imkoniyat.
Sizga qoyilimiz balki 1% ga 99% dir
   
04 noy 22:37:19
Shavkat Tojiaxmatov
Shubhasiz Real Madridga. Xudo xohlasa.
   
04 noy 21:14:24
Abdunazar.
Michael foydalanuvchining fikriga javob berish
Sizga qoyilimiz balki 1% ga 99% dir
Ajoyib
   
04 noy 21:12:45
David Terezege
Kuchligi yutoradi
   
04 noy 20:39:58
Abdunazar.
Liverpul 10% - 90% Real, tahminlarga ko'ra imkoniyat.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика