Krishtianu nima sababdan Jotaning dafn marosimiga bormaganini aytdi
06 noy 21:21
Yangiliklar
Krishtianu nima sababdan Jotaning dafn marosimiga bormaganini aytdi
3 iyul kuni "Liverpul" forvardi Diogu Jota akasi Andre Silva bilan birgalikda Ispaniyadagi avtohalokatda vafot etgandi.
"Ikki holat bor. Bu borada odamlar meni ko'p tanqid qildi, lekin bu meni tashvishga solmadi. Qachonki o'zingga ishonching komil bo'lsa, boshqalarning tanqidiga qaramas ekansan.
Bu men qilmaydigan ishlardan biri. Otamning o'limidan keyin men qabristonga bormaganman, borishni istamayman.
Undan tashqari, qaerga borsam cirk boshlanadi. Qaerda bo'lsam, kameralar menga qaratiladi. Bunday paytda menga bu kabi etibor kerak emas.
Bu tanqid emas, shunchaki ko'rganim va yoqmaganini gapiryapman. Bunday noqulay paytda nima haqida intervyu beraman, futbol haqidami yoki u haqidami? Qo'ysangizchi. Bu shouning bir qismi bo'lishni istamayman. Agarda Sizlar istasangiz, marhamat.
Odamlar meni tanqid qilishlari mumkin, lekin men o'zim uchun haqman. U erga borib, odamlar: "Ana Krishtianu kelibdi" deb, kamerasini yoqishlari uchun birinchi qatorda bo'lishni istamayman. Men uning oilasi uchun kerakli bo'lgan qarorni qabul qildim", - dedi futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar