"Galatasaroy" Messiga qiziqmoqda
08 noy 13:50
Yangiliklar
"Galatasaroy" Messiga qiziqmoqda
"Galatasaroy" "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Istanbulliklar 38 yoshli argentinalik futbolchini MLS mavsumidagi tanaffus vaqtida taxminan 4 oyga qisqa muddatli ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
AQSHdagi muntazam chempionat allaqachon yakunlandi, pley-off bahslari dekabr oyi boshigacha davom etadi, shundan so'ng Messi 2026 yil mart oyiga qadar uzoq tanaffusga ega bo'ladi. Taxminlarga ko'ra, Messi 2026 yilgi jahon chempionati oldidan o'yin formasini saqlab qolish uchun ijaraga berilishi mumkin. "Galatasaroy" esa vaziyatni "diqqat bilan kuzatmoqda".
Messi joriy mavsum "Inter Mayami" safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar
Франция чемпионати-фермелар лигаси,
МЛС-Бургер лига дейилгандай.