So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

“Kelajagimiz umidlari” festivali Farg'onada qanday kechmoqda? Yangiliklar

“Kelajagimiz umidlari” festivali Farg'onada qanday kechmoqda?

Farg'ona shahrida davom etayotgan “Kelajagimiz umidlari” festivali yosh futbolchilarga bir olam quvonch bag'shida etmoqda.

Olimpiya zahiralari kollejida bo'lib o'tayotgan turnirning xar kuni qiziqarli bahslarga boy o'tyapti. Yosh sportchilarning ota-onalari ham mazkur festivalga befarq bo'lmagan holda uchrashuvlarni kuzatib, o'z farzandlarini olqishlar bilan qo'llab-quvvatlab borishyapti. Albatta mana shunday jarayonlar futbolni ommalashishida muhim ahamiyat kabs etadi. Festivalni kuzatar ekansiz, o'yinlar chog'ida  “Neftchi” jamoasining yaqin o'tmishdagi taniqli futbolchilarini ham uchratishingiz mumkin. Tajribali hujumchi Anvar Berdiev o'z farzandining o'yinlarini muxlislar orasida tomosha  qilgan bo'lsa, Aziz Alijonov hamda Iqbol Akramov singari sobiq yarim himoyachilar murabbiy sifatida o'z jamoalariga boshchilik qilishdi. Fursatdan foydalangan holda, “Neftchi” sobiq futbolchisi Iqbol Akramov bilan suhbatlashdik.

– O'FF bolalar futboli rivoji uchun katta ishlarga qo'l o'rmoqda, – deb fikr bildirdi Akramov.

– Bu albatta tahsinga sazovordir. Bolajonlar uchun juda katta bayram bo'lmoqda. Mana shunday festivallar uchun O'FF rahbari Umid Ahmadjonovga rahmat deymiz. Yosh futbolchilarga festival tashkilotchlari tomonidan sovg'alar hamda faxriy yorliqlar taqdim etildi. Bu esa bolalarni shod etmay qo'ymaydi. Ularni futbolga bo'lgan etiborini yanada oshiradi. Yaxshi futbolchi bo'lib etishib chiqsa, davlat etarli darajada taqdirlashi haqida oz bo'lsada tushuncha paydo bo'ladi. Nasib qilsa, ular orasida yangi Server Jeparovlar, Odil Ahmedov singari o'yinchilar etishib chiqadi.


SHuningdek, festival haqida murabbiy Aziz Alijonovdan ham fikrlarini so'radik.

– Festival bolajonlarga bir olam quvonch taqdim etdi. Ularning xursandchiligini qarang! Bola ko'zida bunday festivallar katta turnirlardek ko'rinadi. Tashkilotchilarga rahmat – dedi Alijonov.

 – Katta o'yinlarda javlon urib to'p surgansiz. Biroq bugunga kelib mana shunday jachchi futbolchilar bilan ishlash jarayoni qanday kechmoqda ? Qiyinchiliklar yo'qmi ?


– 7 yoshli futbolchiga taktika qo'llasangiz, baribir xech narsani tushunmaydi. To'pni tashlab bersangiz hammasi birdaniga ketidan yuguradi. Yosh bolalarga qattiq gapirib bo'lmaydi. Bir marta sal ovozingizni ko'tarsangiz bas, ertasi kuni uni boshqa ko'rmaysiz! (kuladi) SHu sabab mashg'ulotlarda o'zim ham yosh bolaga aylanib, ular bilan ishlayman. Xarakterlariga moslashishga urinaman. Biroz ulg'aysa, poziciya nima, o'yin paytida qanday harakatlanish lozim, barchasini sekin-asta tushuntiramiz. Vaqti kelsa, murabbiylikni unutib ularga ham ota ham ona, yaqin do'st bo'laman. Bolalar murabbiyi shunday bo'lishi lozim. Biz endi futbolni boshlagan kezlarimiz millionlar o'yini uchun bunday sharoitlar bo'lmagan. Hozir esa vaziyat tamoman o'zgargan. Hukumatimiz futbolni rivojlanishi uchun hamma ishni amalga oshirmoqda. Yaqinda Farg'onaga O'FF rahbari Umid Ahmadjonov ham tashrif buyurib viloyat futboliga yuqori baho berdilar. Bu albatta kishini xursand qiladi, – deydi Aziz Alijonov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика