Alan Brandi: "Hakamlar haqida gapirmoqchi emasman. Nima bo'lganini hamma ko'rdi"
07 okt 2024 22:58
Yangiliklar
Alan Brandi: "Hakamlar haqida gapirmoqchi emasman. Nima bo'lganini hamma ko'rdi"
Futzal bo'yicha jahon chempionati finalida Braziliyaga qarshi o'yindan so'ng (1:2) Argentina terma jamoasi azosi Alan Brandi saytimizga intervyu berdi.
"Mag'lubiyatdan xafamiz, chunki biz yuqori natijaga loyiq edik. Lekin bu sport.
Hakamlar haqida gapirmoqchi emasman. Nima bo'lganini hamma ko'rdi. Ular haqida hech narsa degim kelmayapti.
Bizda zo'r futbolchilar yo'q, lekin jamoaviy juda zo'rmiz.
Jahon chempionati biz uchun unutilmas bo'ldi. Ayniqsa, Franciyaga qarshi o'yinimiz tengma-teng va kurashlarga boy bo'ldi", dedi Brandi.
Eslatib o'tamiz, ketma-ket uchinchi marotaba jahon chempionati finaliga chiqqan Argentina terma jamoasi kumush medallarni qo'lga kiritdi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar