"Men xalqaro tanaffuslarni yaxshi ko'raman! Har ikki haftada shunday bo'lishini xohlardim!" - Gvardiola
07 okt 2024 20:40
Yangiliklar
"Men xalqaro tanaffuslarni yaxshi ko'raman! Har ikki haftada shunday bo'lishini xohlardim!" - Gvardiola
Pep Gvardiolaning aytishicha, xalqaro tanaffus unga qo'l keladi.
"Men xalqaro tanaffuslarni yaxshi ko'raman! Har ikki haftada shunday bo'lishini xohlardim! Ammo bu futbolchilar uchun muammo, shuning uchun ularni himoya qilishimiz kerak. Bu vaqt ichida men dam olaman, tanaffusdan keyin esa energiyaga ega bo'laman.
Dekabr, yanvar, fevral va mart oylari katta bosim ostida o'tadi va bizga kuch kerak. Biroq futbolchilar terma jamoalarga yo'l olishlari kerak, shuning uchun ular hordiq chiqara olmaydi — muammo shunda! Ammo men uchun hammasi mukammal!
Brayan Kidd menga ser Aleks Fergyuson ham xalqaro tanaffuslardan foydalanganini aytgandi, chunki hamma tatilda bo'ladi. Men ham o'ylab qoldim. Ser Aleks Fergyuson shu ishni qilgan bo'lsa, nega men qilmasligim kerak?", – dedi Pep Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar