O'zbekiston U-20 terma jamoasining Janubiy Amerikaga yo'l oladigan tarkibi malum
07 okt 2024 19:37
Yangiliklar
O'zbekiston U-20 terma jamoasining Janubiy Amerikaga yo'l oladigan tarkibi malum
Terma jamoa yig'in chog'ida Argentina va Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.
Bosh murabbiy Farhod Nishonov mazkur yig'inga quyidagi futbolchilarni chaqirdi:
Darvozabonlar: Muhammadyusuf Sobirov ("So'g'diyona"), Samandar Muratbaev ("Olimpik-MobiUz")
Himoyachilar: Behruz Jumatov ("Olimpik"), Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), G'iyosjon Rizaqulov ("Olimpik-MobiUz"), Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Narimonjon Ahmadjonov ("Bunyodkor"), Saidxon Hamidov ("Olimpik-MobiUz"), 3.Meyirbek Rejabaliev ("Olimpik-MobiUz"), Muhammadali Zohidov ("Olimpik-MobiUz")
Yarim himoyachilar: Ravshan Xayrullaev ("Buxoro"), Rustambek Fomin ("Olimpik-MobiUz"), Muhammadali Reimov ("Olimpik-MobiUz"), Muhammadali O'rinboev ("Paxtakor"), Ollobergan Karimov ("Bunyodkor"), Lazizbek Mirzaev ("Lokomotiv"), Daler Tuxsanov ("Olimpik-MobiUz"), Murodjon Komilov ("Olimpik-MobiUz")
Hujumchilar: Saidumarxon Saidnurullaev ("Paxtakor"), Nurlan Ibraimov ("Olimpik-MobiUz"), Murodali Usmonov ("Olimpik-MobiUz")
O'zbekiston U-20 terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Argentina va Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
11, 13 oktyabr
Argentina – O'zbekiston
15, 17-oktyabr
Urugvay – O'zbekiston
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar