Futzal bo'yicha JCH. Ukraina Franciyani ayab o'tirmadi va tarixda ilk bor mundialning bronza medallariga ega chiqdi!
06 okt 2024 19:10
Yangiliklar
Futzal bo'yicha JCH. Ukraina Franciyani ayab o'tirmadi va tarixda ilk bor mundialning bronza medallariga ega chiqdi!
Jahon chempionati
3-o'rin uchun bahs
Ukraina – Franciya 7:1
Toshkent. "Humo Arena". 17:30
Gollar: Ixor CHerniavski (Ixor Korsun) 11', Mixaylo Zvarich (Rostislav Semenchenko) 22', Evgeniy Juk (Nazar SHved) 27', Evgeniy Juk 28', Daniil Abakshin 30', Daniil Abakshin 30', Daniil Abakshin 33' – Ayub Saadaoui (Ouassini Guirio) 23'
Ukraina (dastlabki beshlik): 2.Oleksandr Suxov, 7.Rostislav Semenchenko, 9.Daniil Abakshin, 10.Mixaylo Zvarich, 13.Ixor Korsun.
Zaxira: 1.Kirilo Cupin, 12.Yuri Savenko, 3.Nazar SHved, 4.Andrey Melnik, 5.Evgeniy Juk, 6.Mikola Mikituk, 8.Ixor CHerniavski, 11.Artyom Farenyuk.
Franciya (dastlabki beshlik): 12.Tibo Garros, 8.Ayub Saadaoui, 10.Abdessamad Muhammad, 11.Suxail Mouhoudin, 14.Ouassini Guirio.
Zaxira: 1.Fransis Lokoka, 2.Sid Belhaj, 3.Mamadu Ture, 4.Nikolas Menendes, 5.Artur CHaptchet, 6.Kevin Ramires, 7.Stiv Bendali, 9.Nelson Lutin, 13.Mamadu Ture.
UCHRASHUV YAKUNLANDI! UKRAINA – 3-O'RIN EGASI!
33. GOL! Daniil Abakshin bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilish bo'yicha mutaxassis ekanligini isbotladi – 7:1!
30. Yana Daniil Abakshin olis masofadan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi – 6:1!
30. Daniil Abakshin o'ynovchi darvozabon xizmatidan foydalanayotgan Franciyani jazoladi – 5:1!
28. GOL! Evgeniy Juk darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga yo'llab, dublga erishdi – 4:1!
27. GOL! Nazar SHveddan pas qabul qilib olgan Evgeniy Juk himoyachilarni chalg'itgan holda darvoza pastki burchagini nishonga oldi. CHiroyli gol – 3:1!
23. GOL! Ouassini Guirioning pasidan keyin Ayub Saadaoui hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirildi!
22. GOL! Rostislav Semenchenkoning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Mixaylo Zvarich bosh bilan to'p kiritdi – 2:0!
11. GOL! Ixor Korsunning qulay pasidan so'ng Ixor CHerniavski birinchi to'p muallifiga aylandi!



O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar