Kazemiro: "Xoylunddan birdaniga 30ta gol kutib bo'lmaydi"
07 jan 2024 16:59
Yangiliklar
Kazemiro: "Xoylunddan birdaniga 30ta gol kutib bo'lmaydi"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Kazemiro jamoadoshi Rasmus Xoylundning jamoada katta muvaffaqiyat qozonishiga ishonmoqda.
"U hali yosh bolakay, birdaniga bosim ostiga olib bo'lmaydi. Odamlar u birdaniga 30ta gol urishini kutishmoqda. U hali yosh, ustiga-ustak Premer-ligadagi ilk mavsumini o'tkazyapti.
Uning tanlagan yo'nalishidan mamnunman. Gap shundaki, "Arsenal" bilan qiyin raqiblarga qarshi o'ynash oson emas. U maydonga tushganidan keyin masuliyatni bo'yniga olishga harakat qildi.
O'yindan o'yinga rivojlanayotgani ko'rinib turibdi. Rasmus - masuliyatli yigit, muvaffaqiyat uchun harakat qiladi. Maqsadlari va vazifalarini hisobga olsak, u ushbu klubning buyuk futbolchilaridan biriga aylana oladi", - dedi Kazeimro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar