So’nggi yangiliklar

15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  1 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  4 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  2 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  5 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11

Katanec tanlovi va Badjo qismati Yangiliklar

Katanec tanlovi va Badjo qismati

Bugun Osiyo Kubogi saralash uchrashuvlari uchun taklif etilgan O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi elon qilindi.

Ro'yxat hammada har xil tasavvur uyg'otgan bo'lishi tabiiy. CHunki hammamizning miyamizda "o'z terma jamoamiz bor". Milliy terma jamoaga etibor qancha yuqori bo'lsa, shuncha yaxshi. Braziliya terma jamoasini boshqargan murabbiylardan biri o'z vaqtida shunday degandi: "Braziliyada hamma murabbiy va har bir muxlisning o'z 23talik tarkibi bor". 

Bu nafaqat Braziliyada, balki Angliya, Ispaniya, Rossiya, jumladan bizda ham shunday. Qachon terma jamoa tarkibi elon qilinsa, qaysidir futbolchilar borasida norozilik kayfiyati uyg'onadi. "Falonchi o'rniga falonchini chaqirsa bo'lardi, falonchi loyiqmas, pistonchi loyiq" kabi gaplar doim aytib kelingan va bundan keyin ham bu mavzu davom etaveradi. 

Lekin bir narsani unutmaylik, terma jamoa bosh murabbiyi - Srechko Katanec va bu uning tanlovi. Tarkibni o'zi yig'yapti va natijaga ham o'zi javob beradi. Bu o'rinda bizdan talab qilinadigani faqat - bosh jamoani qo'llab-quvvatlash. Axir oldinda Osiyo chempionatiga saralash bellashuvlari kutyapti. 

Masalan, men uchun Katanec kim(lar)ni chaqirishining umuman farqi yo'q. Muhimi, birlamchi vazifa bajarilsa bo'lgani. Birlamchi vazifa esa Osiyo Kubogiga yo'l olish. 

Ha, to'g'ri, balki o'z poziciyasi bo'yicha kuchli futbolchilar tarkibdan chetda qolgandir, ammo bu tanlov Katanecniki va natijaga u javob beradi. 

X.Xoliqov.

P.S. Roberto Badjo degan kuchli futbolchini ko'pchilik eshitgan. U uchta jahon chempionatida qatnashgan: 1990, 1994, 1998. Lekin ishonasizmi, shu futbolchi birortayam Evropa chempionatiga bormagan. Har safar turli sabablarga ko'ra, ro'yxatdan tushib qolavergan. Evropa chempionatlarida Italiyani boshqargan murabbiylarning qarori shunday bo'lgan. Lekin bu aslo Robetro Badjoning iqtidoriga shubha keltirmaydi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика