Karlo Anchelotti "Real Madrid"ning Ispaniya chempionatini yomon boshlagani haqida gapirdi
30 avg 2024 07:58
Yangiliklar
Karlo Anchelotti "Real Madrid"ning Ispaniya chempionatini yomon boshlagani haqida gapirdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi omadsiz starti haqida gapirdi.
Jamoa kechagi o'yinda "Las-Palmas" bilan durang o'ynadi (1:1).
"Men xarakter etishmayapganini ko'ryapman. Muammo yuzaga kelganda, uning echimini topish uchun javobgarlikni murabbiy o'z zimmasiga olishi kerak.
O'tgan mavsumdagi o'yinimizni ko'rsatishimiz qiyin, biroq bahona topmasligimiz kerak. Taqvim tig'iz va biz tezda tiklanishimiz kerak, chunki yakshanba kuni bizni yana bir o'yin kutmoqda. Unga qadar esa men aniq bir taktika ustida ishlashim kerak. Bu holatni mavsum boshida bo'layotgani bir tomondan yaxshi. CHunki hozirda muammolarni to'g'irlashga etarli vaqtimiz bor", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar