So’nggi yangiliklar

12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  2 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  3 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  0 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  8

O'zbekistonning italiyalik tahlilchisi Kannavarodan taklif, "Squadra Azzurra"ning muvaffaqiyatsizligi hamda U-17 jahon chempionati nimchorak finali haqida gapirdi Yangiliklar

O'zbekistonning italiyalik tahlilchisi Kannavarodan taklif, "Squadra Azzurra"ning muvaffaqiyatsizligi hamda U-17 jahon chempionati nimchorak finali haqida gapirdi

Yaqinda O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan "Bunyodkor" klubining italiyalik tahlilchisi Karlo Alberto Bertone Championat.asia saytiga intervyu berdi.

– Yaqinda O'zbekiston terma jamoasi shtabiga qo'shilganingiz haqida xabar topdik. Sizni shaxsan Fabio Kannavaro taklif qildimi? Uning shtabidagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?

– Men Fabio Kannavaro tomonidan Dubaydagi turnir uchun taklif qilinganman. Musobaqa yakunlanganidan so'ng, o'zim ishlaydigan klub – “Bunyodkor” ixtiyoriga qaytaman. Janob Kannavaro professional murabbiy va u bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lganim katta sharaf. Uning shtabi ham malakali mutaxassislardan iborat va men O'zbekiston milliy terma jamoasi ishonchli qo'llarda ekanligiga hamda porloq istiqbolga ega bo'lishiga to'la ishonch bildiraman.

– Sizning vataningiz hisoblangan Italiya jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi oxirgi o'yinda Norvegiyaga yirik hisobda yutqazib, to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyatini boy berdi. Ularning imkoniyatini qanday baholaysiz? Nega Italiya avvalgi nufuzini yo'qotmoqda?

– Italiya endilikda mundialga chiqish uchun pley-off bosqichida ishtirok etishi kerak. Italiyaning jahon chempionatiga yo'l olishiga ishonchim komil. Biz bunga ishonishimiz kerak, chunki terma jamoa barcha italiyaliklarning qo'llab-quvvatlashiga muhtoj. Italiya o'z obro'sini yo'qotmagan deb hisoblayman; bizda hali ham dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'lgan murabbiylik maktabi bor va besh yil oldin Evropa chempionligini qo'lga kiritganimizni unutmaslik lozim. Italiyaga qarshi o'ynash har doim har qanday raqib uchun qiyin vazifa bo'lib kelgan.

– Xabaringiz bo'lsa kerak, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalida Italiya va O'zbekiston bir-biriga raqiblik qiladi? Jamoalarning imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Ushbu bahsda Italiyaga muxlislik qilasizmi?

– Shubhasiz, mazkur jamoalar o'rtasida ajoyib bellashuv guvohiga aylanamiz. Ishonchim komilki, navbatdagi bosqichga yo'l oladigan jamoa qattiq ter to'kishiga to'g'ri keladi. Tabiiyki, o'zim italiyalik bo'lganim uchun Italiyaga muxlislik qilaman, biroq O'zbekiston g'alaba qozonsa ham xursand bo'laman, chunki bu mamlakat mening ikkinchi uyimga aylangan. Bir yildan buyon Toshkentda istiqomat qilaman va umid qilamanki, Ilyos Zeytullaev bilan “Bunyodkor”dagi faoliyatimni davom ettiraman. U bilan juda yaxshi til topishdik. Fikrimcha, Superliga yakuniga ikki tur qolgan bo'lsa-da, chempionatda yuqori darajada ishtirok etdik.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика