Karlo Anchelotti: "Barselona"ning offsayddan urilgan ikki goli bizga qattiq zarba bo'ldi"
11 avg 2019 15:43
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Barselona"ning offsayddan urilgan ikki goli bizga qattiq zarba bo'ldi"
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"dan uchralgan 0:4 hisobidagi mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Ammo "Barselona"ning offsayddan urgan ikki goli bizga qattiq zarba berdi.
"Barselona" - ajoyib jamoa. Ular o'yinni nazorat qilishdi. Ammo ushbu ikki goldan keyin barchasi o'zgarib ketdi.
Balki, biz o'tgan bir oy davomida jismoniy tayyorgarlikka katta etibor berganimiz uchun charchoq alomatlari ko'rinib qolgandir. CHunki o'yin davomida boshqa muammo ko'rmadim.
"Barselona"ga qarshi o'yin biz uchun ajoyib dars berdi. Yangi mavsumda qilingan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.
Tarkibimizda sifatli, yuqori iqtidor egalari yig'ilgan. Yigitlar yangi chorlovlarga tayyor. Yangi mavsumga deyarli tayyormiz", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar