Kannavaro "Dinamo" bosh murabbiyi etib tayinlandi
30 dek 2024 11:39
Yangiliklar
Kannavaro "Dinamo" bosh murabbiyi etib tayinlandi
"Yuventus" sobiq futbolchisi Fabio Kannavaro Zagrebning "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
Bu haqda Xorvatiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Takidlanishicha, 51 yoshli italiyalik 3 yanvar kuni futbolchilarga tanishtiriladi.
"Dinamo" 18 turdan keyin 29 ochko bilan Xorvatiya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam bilan farq etti ochkoni tashkil etadi.
"Dinamo" navbatdagi o'yinini 22 yanvar kuni Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Kannavaroning so'nggi ish joyi Italiyaning "Udineze"si bo'lib, u erda 2024 yilning aprelidan iyunigacha ishlagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar