Fabio Kannavaro: “Yanvar oyida mahalliy futbolchilar uchun yig'in o'tkazamiz, u erda yoshlarga imkoniyat beramiz”
19 noy 00:24
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: “Yanvar oyida mahalliy futbolchilar uchun yig'in o'tkazamiz, u erda yoshlarga imkoniyat beramiz”
“Yutish har doim yoqimli bo'ladi. Muxlislar hammasi xursand. Eronga qarshi o'ynash oson emas — doimiy kurash talab etiladi. Ular juda kuchli terma jamoa, shuning uchun bo'shashish mumkin emasdi. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik, bir nechta vaziyatdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa gol urmasangiz, o'yin qiyinlashib borishini ko'rdik. Ammo yaxshi vaziyatdan chiqib ketdik, darvozamiz oldida jiddiy xavf tug'ilmadi. Albatta, qizil kartochkadan keyin o'yin og'irlashdi, lekin men o'yinchilarimning mentalitetidan mamnunman. Bir kishi kam bo'lsak ham raqibga imkoniyat qoldirmadik.
Aytib o'tganimdek, Eron Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri, ularda yaxshi shtab ishlaydi. Futbolchilarimiz qizil kartochkadan keyin bir jamoa bo'lib o'ynashdi. Bunday raqibga qarshi bitta kam o'ynash oson emas”, — deydi Fabio Kannavaro.
— Ikkita yig'in o'tkazdik. Kannavaroning futboli Misr bilan o'yindami yoki bugungi finaldami?
— Men ko'p narsani o'zgartirishni istamayman, lekin ayrim jihatlarni yaxshilash kerak. Biz ko'proq himoyadan chiqishga harakat qildik. To'p bilan va to'psiz holatda balancni ushlashga intildik. Yuqori pressing qildik — bular odatiy narsalar. Vaqtimiz ko'p emas, shuning uchun hamma narsa birdaniga o'zgarmaydi. Lekin men omadliman, chunki aqlli futbolchilarim bor. Ular mashg'ulotlardan zavq olishyapti. Terma jamoadagi ichki muhit yaxshi. Jismoniy tomonlama yaxshilanishimiz kerak. Mart oyidagi yig'inda yana ko'ramiz. Chempionatimiz tugaydi, Evropadagi futbolchilarimiz esa o'ynashda davom etadi.
— Terma jamoaga kelganingizdan keyin bir nechta o'zgarishlar qildingiz. Masalan, nutricolog jalb etildi. Bu nimalarga yordam beradi?
— Nutricolog taom sifatiga javob beradi. To'g'ri, bu mayda detaldek tuyulishi mumkin. Lekin aynan mayda jihatlar katta natijalarga olib keladi. “Nutricolog keldi, shuning uchun yutib qo'ydik”, deya olmayman. Biz penaltilar seriyasi bo'yicha alohida ishladik. Qaysi futbolchi yaxshiroq tepishini ko'rib, shunga qarab tanlov qildim. Penalti — bazan omadli, bazan omadsiz tugaydigan jarayon.
Ostonda yuqori potencial bor. Biroq 45 daqiqadan keyin muammolar paydo bo'lmoqda. Men bitta o'yinni yuqori saviyada o'ynab, ikkinchisida pasayish bo'lishini istamayman. Har doim barqarorlik kerak. Bu uning o'zi uchun ham foydali bo'ladi. Umid qilamanki, Ostonga yordam beramiz va barqaror o'yin kuta olamiz.
— Jaloliddin Masharipovning holati haqida...
— Jaloliddin Masharipov bilan gaplashdim. U yugurishni boshladi. Bu turnirga kelishga deyarli tayyor edi. Umid qilamanki, mart oyidagi yig'inimizda qatnashadi. Yig'in boshida 9 nafar, keyin 3 nafar futbolchi yo'q edi — bu terma jamoalarda uchrab turadigan holat.
— FIFA kunlaridan tashqari, masalan yanvar oyida ham yig'in o'tkaziladimi?
— Biz yanvar oyida yig'in o'tkazish haqida allaqachon gaplashganmiz. U erda faqat mahalliy futbolchilar bo'ladi. Tarkibimizning katta qismi legionerlardan iborat, lekin boshqa nomlarni ham sinab ko'ramiz. Yoshlarga imkoniyat beramiz. Bizga barcha futbolchilar kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar