So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  6 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  15 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  404 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Kamoliddin Murzoev: "O'zbekiston futbolchilar uyushmasi kuzatuvchi maqomidan to'liq azolik sari qadam tashladi" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "O'zbekiston futbolchilar uyushmasi kuzatuvchi maqomidan to'liq azolik sari qadam tashladi"

Ayni kunlarda Franciya poytaxti Parij shahrida xalqaro futbolchilar uyushmasining (FIFPro) bosh assambleyasi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu katta nufuzli tadbirda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi ham ishtirok etayotganini takidlash joiz. Ushbu tashkilot yurtimizda 2017 yil o'z faoliyatini boshlagan bo'lib, 2018 yil Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan. Xalqao FIFPro tashkilotining O'zbekistondagi yagona vakili hisoblanadi. 2017 yildan boshlab esa yurtimiz futbolchilari FIFA tomonidan o'tkaziladigan World 11 yilning eng yaxshi 11 futbolchisini aniqlab beradigan so'rovnomada ishtirok eta boshlashdi. Uyushma esa shu kunga qadar kuzatuvchi maqomida bo'lib keldi. Hozirda Parijda o'tayotgan assambleyada O'zbekisto FIFPro tashkilotining rasmiy azosi sifatida qabul qilinib maxsus sertifikatga ega bo'ldi. Biz batafsil malumot olish maqsadida O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev bilan bog'landik.

FIFPro tashkilotining yangi prezidenti David Aganzi bilan

"Bilasiz uyushmamiz FIFPro tashkilotining kuzatuvchi azosi sifatida faoliyat yuritib kelar edi. Bugun Parijda o'tayotgan xalqaro anjumanda FIFPro azosi sifatida qabul qilindik. Endilikda kuzatuvchi maqomidan azolik sari qadam tashladik, deya olaman. Bizni to'liq qo'llab-quvvatlagan holda o'z tarkiblariga qo'shib olishdi. Bu biz uchun katta yutuq. Futbolchilarimizni huquqlarini himoya qilishda katta qadam bo'ldi. Mazkur assambleyada Ispaniya futbolchilar uyushmasi rahbari David Aganzi, Italiyadan Damiano Tomazzi Kamerundan Jeremi Njitap faoliyat olib bormoqda. Keyingi to'rt yillikda FIFPro tashkilotining yangi prezidenti uchun bo'ladigan saylovlarda o'z ovozimizga ega bo'ladi. Tashkilot o'tkazadigan saylovlarda ovoz bera olamiz. Bu albatta quvonarli holat",- deydi Kamoliddin Murzoev. 


Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика